Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish tamoyillari: muammo va yechimlar

Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida «Ijtimoiy fanlar, kutubxonashunoslik va sport» kafedrasini tashabbusi bilan «Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish tamoyillari: muammo va yechimlar» mavzusida talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi boʼlib oʼtdi.

Konferensiyada kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyati, yosh avlodni kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish va kitobxonlikni rivojlantirish, ARMlarni raqamlashtirish texnologiyalari, ilmsizlikka qarshi kurashishda Mahmudxoʼja Behbudiyning “Padarkush” dramasi hamda Abdulhamid Cho‘lponning “Qor qo‘ynida lola” hisoyasining ahamiyati kabi koʼplab mavzular muhokama qilindi.

Konferensiyada oʼz maʼruzalari bilan faol ishtirok etgan talabalarga filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich tomonidan sertifikatlar topshirildi.

#14yanvar #33yil

#14yanvar #33yil

Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri

🔰 Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

🔷 Davra suhbatida Qoʼqon shahar 42090-harbiy qismidan tashrif buyurgan I-darajali serjant Oʼtkirjon Eshonqulov, Qosimjon Norboyev hamda kichik serjant Ixtiyorjon Roʼzimurodovlar mamlakatimizning mudofaa qudratini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mudofaa tizimida yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, oliy harbiy bilim yurtlari hamda ularga kirish tartibi boʻyicha maʼruza qildilar.

TABRIKLAYMIZ

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Anʼanaviy xonandalik» ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi Qoriyaxon Rahmatillayeva «SHERMAT YORMATOV» nomidagi koʼp janrli Xalqaro tanlov-festivalida ishtirok etib «Yakkaxon xonandalik» yoʼnalishi bo‘yicha eng oliy oʼrin granpri sohibasi boʼldi.

Ustozi: «Xalq ijodiyoti» kafedrasi dotsenti v.b Saidmurod Topildiyev.

Bugun filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich jamoa nomidan Qoriyaxon Rahmatillayeva hamda Saidmurod Topildiyevlarni erishilgan yutuq bilan tabrikladi.

Filialning ilmiy salohiyati yanada kengaymoqda

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Cholg‘u ijrochiligi va musiqiy-nazariy fanlar» kafedrasi dotsenti v.b Ahmadjon Yuldashev, «Sahna nutqi va sanʼatshunoslik» kafedrasi dotsenti v.b Bahoraxon Gʼofurova, «Teatr sanʼati» kafedrasi dotsenti v.b. Ravshanjon Dehqonovlar Oliy Attestatsiya Komissiyasi qarori bilan dotsentlik ilmiy unvoniga tasdiqlandilar.

Ayni damda filialning ilmiy salohiyati 50,5 foizni tashkil etmoqda. Bugun filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich jamoa nomidan ustozlarni ilmiy unvonlar va erishilgan munosib yutuqlar bilan samimiy tabrikladi!

YANGI YIL TABRIGI

YANGI YIL TABRIGI
✳️ Assalomu alaykum hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar va magistrantlar. Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman! 2024-yil yakuniga yetar ekan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida erishilgan yutuqlarga nazar solsak.
✳️ O‘tgan o‘n ikki oy davomida filial nafaqat O‘zbekistondagi yetakchi san’at va madaniyat muassasasi sifatidagi mavqeini mustahkamladi, balki global hamkorlik, innovatsiyalar va madaniy boyitish orqali o‘z imkoniyatlarini kengaytirdi.
✳️ Filialida 60 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan, 3 nafar professor va 24 nafar dotsentlar faoliyat yuritib kelmoqda va filialning ilmiy salohiyati 47,5 foizni tashkil etmoqda. Ushbu raqamlar filialning akademik va ilmiy salohiyatini aks ettiradi. Ushbu poydevorni yanada mustahkamlash maqsadida 15 nafar yosh professor-o‘qituvchilar ilmiy izlanish faoliyati bilan shug‘ullanib oliy ta’limdan keyingi ta’lim jalb etilgan.
✳️ Filialning nashriyot tashabbuslari ham rivojlandi. Filial tomonidan to‘rtta ilmiy jurnallar ta’sis etilgan, bular “Oriental Art and Culture” ilmiy-metodik jurnali, “World of Philology” ilmiy jurnali, “Pedagogikadagi ilmiy tadqiqotlar” ilmiy jurnali va “Musiqa san’atida ilmiy tadqiqotlar” ilmiy jurnali. Ushbu jurnallar O‘zbekiston va xorij olimlari uchun yangi tadqiqotlar bilan bo‘lishish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi. Barcha jurnallar Google Scholar tizimida indekslanadi. Ta’kidlash joiz, “Oriental Art and Culture” ilmiy-metodik jurnali 4,311, “World of Philology” ilmiy jurnali 3,5 impakt faktorga ega. Ikki jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan falsafa doktori va fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
✳️ 2024-yilda filialda ilmiy-tadqiqot infratuzilmasida sezilarli yutuqlarga erishildi. Innovatsion rivojlanish jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ilmiy-ijodiy laboratoriyalar tashkil etildi va tijoratlashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jihozlandi. “Teatr san’ati” kafedrasida “Qo‘g‘irchoq yasash” ilmiy-ijodiy laboratoriya, “Cholg‘u ijrochiligi va musiqiy-nazariy fanlar” kafedrasida “Musiqiy asarlarni notalashtirish” ilmiy-ijodiy laboratoriya, “Ijtimoiy fanlar, kutubxonashunoslik va sport” kafedrasida “Kutubxona faoliyatini avtomatlashtirish” ilmiy laboratoriya, “Sahna nutqi va san’atshunoslik” kafedrasida “Sahna liboslarini yaratish” ilmiy-ijodiy laboratoriya shular jumlasidandir.
✳️ Filialning ilmiy markazlari turli xil madaniy va ilmiy-ijodiy sohalarni tadqiq qilishda yetakchi hisoblanadi. “Teatr san’ati” kafedrasi huzurida “Qo‘g‘irchoq teatr san’atini tadqiq etish” ilmiy-tadqiqot markazi, “Cholg‘u ijrochiligi va musiqiy-nazariy fanlar” kafedrasi huzurida “Farg‘ona-Toshkent chol’gu ijrochiligi maktablarini tadqiq etish” ilmiy-tadqiqot markazi, “Ijtimoiy fanlar, kutubxonashunoslik va sport” kafedrasi huzurida “Kutubxonachilikning ilg‘or tajribalarini tadqiq etish” ilmiy-tadqiqot markazi, “Sahna nutqi va san’atshunoslik” kafedrasi huzurida “Farg‘ona raqs maktabini tadqiq etish” ilmiy-tadqiqot markazi, “Xalq ijodiyoti” kafedrasi huzurida “Farg‘ona vodiysi folklor san’atini tadqiq etish” ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat yuritib kelmoqda.
✳️ Bundan tashqari, “Teatr san’ati” kafedrasi professori Karim Yuldashev rahbarligida “Rejissorlik” ilmiy-ijodiy maktabi, “Teatr san’ati” kafedrasi professori Shamsiddin Usmonov rahbarligida “Sahna harakati va jangi” ilmiy-ijodiy maktabi, “Xalq ijodiyoti” kafedrasi dotsenti Ahmadjon Abdurahimov rahbarligida “Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari” ilmiy-ijodiy maktabi, “Chol’gu ijrochiligi va musiqiy-nazariy fanlar” kafedrasi v.b. professori Mirmuxsin G‘apurov rahbarligida “Ko‘p ovozli musiqa ijrochiligi” ilmiy-ijodiy maktabi, “Xalq ijodiyoti” kafedrasi dotsenti Muxsim Muminov rahbarligida “Milliy qo‘shiqchilik” ilmiy-ijodiy maktabi faoliyati tashkil etilgan.
✳️ Filial Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Indoneziya, Ozarbayjon, Belarus, Ispaniya, Italiya kabi 13 davlatdagi 65 ta oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib, jahon miqyosida o‘zini aks etishda sezilarli yutuqlarga erishdi. Ushbu hamkorliklar akademik almashinuv dasturlari, stajirovkalar va qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga yordam berdi.
Filialning o‘quv jarayoniga Tojikistonning Xo‘jand davlat universiteti, Turkiyaning Otaturk universiteti, Qozog‘istonning Abay nomidagi Milliy pedagogika universiteti kabi muassasalarning professor-o‘qituvchilari hissa qo‘shdi. Ayni paytda filial o‘qituvchilari xorijdagi nufuzli muassasalarda qisqa muddatli stajirovka o‘tab, xalqaro tajribaga ega bo‘ldi.
✳️ Filial talabalarining 2024-yilda erishgan yutuqlari uning iste’dodlarni tarbiyalashga intilishidan dalolat beradi. Talabalarimiz O‘zbekiston Prezidenti davlat stipendiyasi, Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi, Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. Ushbu natijalar filialning talabalari orasida ilmiy va ijodiy rivojlantirish qobiliyatidan dalolat beradi.
✳️ Filial tomonidan jami 6 ta xalqaro ko‘rik-tanlovlar tashkil etilgan, jumladan “Milliy folklor san’ati” nomli xalqaro folklor ijrochiligi ko‘rik tanlovi, “Milliy ohanglar” nomli xalqaro an’anaviy xonandalik ko‘rik tanlovi, “Raqslar guldastasi” nomli xalqaro milliy raqs ijrochiligi ko‘rik tanlovi, “Navro‘z taronalari” nomli xalqaro milliy chol’gu ijrochiligi ko‘rik tanlovi, “Harakatlar sehri” nomli xalqaro sahna plastikasi ko‘rik tanlovi va “So‘z san’ati” nomli xalqaro sahna nutqi ko‘rik tanlovlari tashkil etilib o‘tkazilib kelinmoqda. Bu tadbirlar O‘zbekiston san’ati va madaniyatini tarannum etib, xalqaro madaniy almashinuvni rivojlantirishga xizmat qiladi.
✳️ Talabalarning ijodiy faoliyatini yoritib borish maqsadida filial tomonidan 2024-yilda “San’at olami” nomli ma’naviy-ma’rifiy gazeta ta’sis etilgan. Filialda startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va startap ekotizimini yaratish maqsadida inkubatsiya va akseleratsiya markazi tashkil etilgan. Markaz filialning innovatsion rivojlanish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘liq jihozlangan. Startaplar uchun dastlabki bosqichlarda faoliyatini kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish va mahalliy iqtisodiyotga o‘z hissasini qo‘shishga yordam berish maqsadida filialda “Art Start” akseleratsiya dasturi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tashabbus filialning rivojlanayotgan startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash va mahalliy iqtisodiyotga hissa qo‘shish bo‘yicha keng ko‘lamli sa’y-harakatlarining bir qismidir.
Filialda o‘quv adabiyotlarni chop etishga ixtisoslashgan “Art Press” nashriyoti tashkil etilgan. Nashriyot filialning innovatsion rivojlanish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ixtisoslashtirilgan jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan. Xozirgi kungacha nashriyot tomonidan jami 103 mln so‘mlik 118 ta xo‘jalik shartnomalari bajarilgan.
✳️ 2024-yilda filialning “Teatr san’ati” kafedrasi tomonidan “Zamonaviy teatr san’atining dolzarb muammolari: an’ana va yangi tendensiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, “Xalq ijodiyoti” kafedrasi tomonidan “Xalq ijodiyoti sohasining rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilgan. Bundan tashqari har yili O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali, Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Farg‘ona davlat universiteti bilan birgalikda “Xalq ijodiyoti sohasining rivojlanish istiqbollari” mavzusida talabalar qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilib kelinmoqda.
✳️ 2025-yilga qadam qo‘yayotgan bo‘lsak, san’at, madaniyat va ta’lim sohalarini rivojlantirish yo‘lida o‘z oldimizga ulkan maqsadlarni qo‘yamiz. O‘quv dasturlarini kengaytirish, ko‘proq xalqaro tadbirlarni o‘tkazish va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash rejalari amalga oshirilmoqda. Filial isteʼdodlarni tarbiyalash, innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash va Oʻzbekistonning boy madaniy merosini asrab-avaylashga intiladi.
✳️ Azizlar, yana bir bor barschangizni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Yangi 2025-yil hammamiz uchun omadli va barokotli yil bo‘lsin.
GAPUROV MIRMUXSIN KAMOLDINOVICH
Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori

FILIAL KENGASHINING  YIG’ILISHI

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali kengashining 2024/2025-o’quv yili bo‘yicha navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich raisligida o’tkazilgan «Kengash» davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Madaniyat vazirliklari buyruqlari ijrosi to‘g‘risida, filial bitiruvchilariga bo‘lgan ehtiyoj va ularni ishga joylashtirish holati to‘g‘risida, ilmiy-ijodiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, xо‘jalik shartnomalarini tuzish va bajarilish holati tо‘g‘risida, 2024-yil yakunlari bo‘yicha filialda ilmiy salohiyatni oshirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot tinglandi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

TAʼZIYA

O’zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktrisasi, professor Shafoatxon Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi.

Aktrisa 1941-yil 4-yanvar kuni Farg‘ona viloyati Furqat tumani Navbahor qishlog‘ida tugʼilgan. O‘rta maktabni tugatgach pedagogika bilim yurtini, soʼngra teatr va rassomchilik institutining «Musiqali drama» fakultetini muvafaqqiyatli tamomlagan. Uzoq yililar mobaynida Sirdaryo viloyat va Qoʼqon shahar musiqali drama teatrlarida «Maysaraning ishi», «Vatan ishqi», «Qaydasan, jon bolam», «Yer tomiri», «Qirol Lir», «Ogʻriq tishlar», «Soxta oqsuyak», «Ayollar faryodi», «Maʼmura kampir» kabi rollari bilan tanildi. 1995-yil Poshsha xola va Maʼmura kampir rollari uchun yilning «Eng yaxshi ayol roli» nominatsiyasi gʼolibi boʼlgan. Shuningdek, «Masxaraboz», «Sevginator», «Sevginator-2», «Er bermoq – jon bermoq», «O‘zimdan o‘zimgacha», «Fidoyilar», «Poyga», «Sehrli qalpoqcha», «Sariq devni minib» kabi filmlarda suratga tushgan.

Shu bilan birga Sh.Rahmatullayeva O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida talabalarga «Aktyorlik mahorati» hamda «Sahna nutqi» fanlaridan saboq berib keldi.

1980-yilda «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist» unvoni
1992-yilda «Oʼzbekiston xalq artisti» unvoni
2018-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni mukofoti bilan taqdirlangan.

Shafoat Rahmatullayeva teatr va kino sanʼatini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi.

Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali jamoasi ustozning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur taziya izhor etadi.

E’tirof

Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sonli buyrug’iga asosan Prezident davlat stipendiyasi sohibasi Mushtariy Xudoyberdiyeva, Islom Karimov nomli davlat stipendiya sohibasi Ehtiromxon Qudratullayeva, Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi Sarvara Najmiddinovaning ota-onalariga hamda ularning ustozlariga «TASHAKKURNOMA» topshirildi.

Taqdirlash marosimida shuningdek, Xalqaro ko’rik-tanlovlarda munosib yutuqlarga erishgan iqtidorli talabalardan Mumtozbegim Turg’unova hamda Sug’diyona Valijonovaga «DIPLOM» lar taqdim etildi.

OCHIQ MULOQOT

Joriy yilning 18-dekabr kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda sirtqi ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabalari o’rtasida ochiq muloqot otkazildi.

Ochiq muloqot davomida filial direktori har bir talaba bilan yaqindan tanishdi hamda talabalarni besh yillik o’qish davrida ilmiy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirish va ularning innovatsion fikrlashlarini shakllantirish, respublika va xalqaro miqyosdagi ko’rik-tanlov, festival hamda anjumanlarda doimiy faol ishtirok etish kerakligi haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

TABRIKLAYMIZ

🎓  O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Professional ta’lim: cholg‘u ijrochiligi» yo’nalishi 4-bosqich talabasi Xudoyberdiyeva Mushtariy Shonazar qizi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sonli buyrug’iga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga sazovor bo’ldi.

🎓  O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Professional ta’lim: cholg‘u ijrochiligi» yo’nalishi 4-bosqich talabasi Qudratullayeva Ehtiromxon Yusufjon qizi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sonli buyrug’iga asosan Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo’ldi.
🎓  O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Aktyorlik san’ati: qo’g’irchoq teatri aktyorligi» yo’nalishi 3-bosqich talabasi Najmiddinova Sarvara Samariddinovna Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sonli buyrug’iga asosan Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo’ldi.
Qizlarimizni yuksak mukofotlar bilan filial jamoasi va barcha ustozlar, talabalar nomidan samimiy qutlaymiz hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!