OCHIQ MULOQOT

Joriy yilning 14-mart kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda kunduzgi ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabalari o’rtasida ochiq muloqot otkazildi.

Ochiq muloqot davomida filial direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 24-yanvardagi PQ-26-son (https://drive.google.com/file/d/1S7IjoCUk2Wb-3Fu0F07-eSU45OpWno9y/view?usp=drivesdk)li “Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida Qo‘qon davlat universiteti tashkil etilayotganligi bilan yaqindan tanishtirdi hamda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini talabalarga batafsil tushuntirdi.

✨TABRIKLAYMIZ✨

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sonli buyrug’iga asosan 2024/2025-o’quv yili bo’yicha bakalavriat bosqichida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali talabalaridan Prezident davlat stipendiyasiga – Mushtariy Xudoyberdiyeva, Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga – Ehtiromxon Qudratullayeva hamda Navoiy nomli davlat stipendiyasiga – Sarvara Najmiddinova sazovor boʼldilar.

Bugun filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich har uch nafar talaba qizimizga maxsus «GUVOHNOMA» larni tantanali ravishda topshirdi.

OCHIQ MULOQOT

OCHIQ MULOQOT

Joriy yilning 13-fevral kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda kunduzgi ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabalari o’rtasida ochiq muloqot otkazildi.

Ochiq muloqot davomida filial direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 24-yanvardagi PQ-26-son (https://drive.google.com/file/d/1S7IjoCUk2Wb-3Fu0F07-eSU45OpWno9y/view?usp=drivesdk)li “Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida Qo‘qon davlat universiteti tashkil etilayotganligi bilan yaqindan tanishtirdi hamda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini talabalarga batafsil tushuntirdi.

NAZM VA NAVO

NAZM VA NAVO

Qo’qon shahar musiqali drama teatrida g’azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir adib Alisher Navoiy hamda buyuk sarkarda, shox va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlariga bag’ishlangan «Nazm va navo» nomli teatrlashtirilgan konsert dasturi boʼlib oʼtdi.

Konsertda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali professor-o’qituvchilari, magistrantlari va talabalaridan tashkil topgan «Yangi O’zbekiston yoshlari» ansambli jamoasi ijrosida Navoiy hamda Bobur gʼazallariga bastalangan dilrabo kuy-qo’shiqlar, jozibali raqslar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

EʼLON

EʼLON

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 24-yanvardagi PQ-26-son (https://drive.google.com/file/d/1S7IjoCUk2Wb-3Fu0F07-eSU45OpWno9y/view?usp=drivesdk)li “Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida Qo‘qon davlat universiteti tashkil etilishi belgilandi.

Mazkur qarorga muvofiq, Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali faoliyati tugatilmoqda. Shu munosabat bilan yuridik va jismoniy shaxslarning barcha da’volari e’lon qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida qabul qilinadi.

Murojaatlar bo‘yicha hamda qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun quyidagi manzil va aloqa vositalari orqali bog‘lanishingiz mumkin:
Manzil: Qo’qon shahar, Movaraunnaxr koʼchasi 3-A uy, 150700
Aloqa raqamlari:
☎️+99873-543-50-12
☎️+99873-543-44-29
Email: atm@dsmi-qf.uz

Hurmatli fuqarolar!
Mazkur jarayon yuzasidan barcha huquqiy masalalar tegishli qonunchilik hujjatlariga muvofiq tarzda ko‘rib chiqiladi. Rasmiy manbalarga tayanib, ishonchli axborotdan foydalanishingizni so‘raymiz.

“Teatr san’ati” kafedrasining 2024-yil yakunlari boʼyicha hisoboti

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati” kafedrasining 2024-yil yakunlari boʼyicha hisoboti hamda 2025-yilga rejalashtirilgan o‘quv-uslubiy,  ilmiy-tadqiqot va  ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tahlili yuzasidan yig‘ilish boʼlib oʼtdi.

Yigʼilishda filial direktori Mirmuxsin Gapurov, direktor oʼrinbosarlari, boʼlim boshliqlari hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Yigʼilish davomida kafedra professor-oʼqituvchilarining 2025-yilda ilmiy salohiyatini yanada oshirish, o‘quv-uslubiy ishlarni yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tizimli va innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali amalga oshirishga qaratilgan rejalar belgilab olindi.

Yakuniy nazorat ishi

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Musiqali teatr aktyorligi» ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalari «Aktyorlik mahorati» fanidan yakuniy nazorat ishi topshirdilar.

Talabalar yakuniy nazorat ishida yozuvchi Gʼulom Zafariy asari asosida sahnalashtirilgan «Halima» nomli spektaklni namoyish etdilar.

Yakuniy nazorat ishi jarayonida filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda «Teatr san’ati» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

Kurs rahbari: «Teatr san’ati» kafedrasi dotsenti, Oʼzbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xursanoy Umarova.

Yakuniy nazorat ishi

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Musiqali teatr aktyorligi» ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabalari «Aktyorlik mahorati» fanidan yakuniy nazorat ishi topshirdilar.

Talabalar yakuniy nazorat ishida yozuvchi Avksentiy Antonovich Sagarelli asari asosida sahnalashtirilgan «Xanuma» nomli spektaklni namoyish etdilar.

Nazorat ishi jarayonida filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda «Teatr san’ati» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

Kurs rahbari: «Teatr san’ati» kafedrasi professori, Oʼzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi Karim Yuldashev.

DIREKTOR VA TALABALAR

Joriy yilning 21-yanvar kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda sirtqi bo‘lim 5-bosqich talabalari oʼrtasida «Direktor va talabalar» uchrashuvi tashkil etildi.

Samimiy ruhda o’tkazilgan uchrashuv davomida talabalar ta’lim jarayonidagi mavjud muammolar, ijodiy faoliyat samaradorligini oshirish va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan talab va takliflarini bildirdilar.

Talabalarning savollariga filial direktori Mirmuxsin Gapurov batafsil javob berdi hamda ularni qiziqtirayotgan masalalar, talab va takliflarini ijobiy hal etishga, barcha mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda foydalanishini bildirdi.

Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish tamoyillari: muammo va yechimlar

Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida «Ijtimoiy fanlar, kutubxonashunoslik va sport» kafedrasini tashabbusi bilan «Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish tamoyillari: muammo va yechimlar» mavzusida talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi boʼlib oʼtdi.

Konferensiyada kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyati, yosh avlodni kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish va kitobxonlikni rivojlantirish, ARMlarni raqamlashtirish texnologiyalari, ilmsizlikka qarshi kurashishda Mahmudxoʼja Behbudiyning “Padarkush” dramasi hamda Abdulhamid Cho‘lponning “Qor qo‘ynida lola” hisoyasining ahamiyati kabi koʼplab mavzular muhokama qilindi.

Konferensiyada oʼz maʼruzalari bilan faol ishtirok etgan talabalarga filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich tomonidan sertifikatlar topshirildi.