O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTINING FARG‘ONA MINTAQAVIY FILIALINING USTAVI
I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat iistitutiniig Farg‘ona mintaqaviy filiali (keyingi o’rinlarda Filial deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi «PK-3218-sonli qarori asosida tashkil etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.
2. O‘zDSMIning Farg‘ona mintaqaviy filiali davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha ta’lim Dasturlarini bajarish bo‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug’ullanadi. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv-pedagogik va o‘quv-uslubiy, ilmiy, ijodiy, shuningdek, boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta’lim xizmatlarini ko’rsatadi.
3. O‘zDSMIning Farg‘ona mintaqaviy filiali o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Maqkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining normativ-hukukiy hujjatlari va mazkur Ustavga amal qiladi.
4. O‘zDSMIning Farg‘ona mintaqaviy filiali yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida o‘ziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo‘yicha o‘z majburiyaglariga muvofiq javob beradi, o‘z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirish, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.
O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filiali joylashgan manzil:
Qo’qon shaxar, Movarounnaxr ko’chasi 3a-uy
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G’aznachilik boshqarmasida MFO 00014, STIR 207261053, 23402000300100001010-sonli hisob raqami va hisob varag’i 100108603040570941000056001
Toshkent shahri O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kassa hisob raqamiga ega.
O’zDSMImiig o’zbek, rus va ingliz tillaridagi rasmiy to’liq (qisqa) nomi:
O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaniy filiali (Filial)
Ферганский региональный филиал Государственного института искусства и культуры Узбекистана (Филиал)
Fergana regional branch of State Institute of Arts and Culture of Uzbekistan (Branch)
II. O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialining asosiy vazifalari
5. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- madaniyat va san’at sohasida fundamental bilim va tushunchalar, tarixiy va zamonaviy an’analar, innovatsiontexnologiyalarini, davlat standarti bo’yicha belgilangan bilim va malakalarni puxta egallagan oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash;
- tayyorlalgan mutaxassis kadrlarga mehnat bozoridagi real talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, yuqori sifatli bilim va malaka berish;
- bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo’yicha buyurtmalarni shakllantirish;
- professor-o’qituvchilar tarkibining o’z kasb sohasidagi bilim va tajribasi, ilmiy-ijodiy saloxiyati va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirish;
- ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsiontexnologiyalarni,madaniyat va san’at sohasida ilm-fan bo’yicha erishilgan ilg’or yutuqlarni tatbiq etish;
- yoshlarni vatanparvarlik va milliy g’oyaga sadoqat ruhida, ma’naviy yuksak va har tomonlama barkamol rivojlangan, keng dunyoqarashga ega bo’lgan, mustaqil fikrlaydigan shaxslar etib tarbiyalash.
III. O’quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarning sub’ektlari, ularning huquq va majburiyatlari
6. Talabalar:
O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha davlat kommnssiyasinnng bayonnomasiga asosan direktorning buyrug’i bilan o’qishga qabul qilingan shaxs O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialining talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi beriladi.
O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialiga qonunchilikda belgilangan tartibda umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega bo’lgan shaxslar arizalariga binoan O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari natijalariga ko’ra to’plangan ballarning reyting tizimi bo’yicha amalga oshiriladi.
Filialga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to’lov-kontrakt bo’yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to’plagan abiturientlarning davlat grantlari bo’yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari reytingi asosida belgilangan to’lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Qonunchilikka muvofiq test sinovlarisiz muayyan imtiyoz asosida ham o’qishga qabul qilish kafolatlanadi.
Aktyorlik, rejissyorlik, xalq ijodiyoti, madaniyatshunoslik va san’atshunoslik yo’nalishining o’ziga xos kasbiy xususiyatlaridan kelib chiqib, ushbu ta’lim yo’nalishlariga aqliy, jismoniy va ruhiy nosog’lom, nogiron shaxslar qabul qilinmaydi.
7. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialiniig talabalari quyidagi huquqlarga ega:
- fan, san’at va madaniyatning, zamonaviy taraqqiyot darajasiga mos keluvchi bilimlar olish;
- filial axborot resurs markazida mavjud bo’lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta’lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;
- bepul maslahatlar va tavsiyalar olish;
- auditoriyalar, ta’lim jarayoniga oid vositalardan o’rnatilgan tartibda bepul foydalanish;
- ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o’z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda institut, dekanat va kafedra rahbariyatiga bildirishga va ularni ko’rib chiqilishini talab qilish;
- filial miqyosida o’tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;
- ilmiy tadqiqot va ijodiy ishlarning barcha turlarida va ilmiy konferentsiyalarda qatnashishga hamda ularning natijalarini nashr etishga va bu haqida axborotlar berish;
- filialda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoatbirlashmalariga a’zo bo’lish va ular ishida qatnashish.
Talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo’yicha yuqori malakali mutaxassis bo’lib yetishish uchun qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa huquklardan foydalanishga haqlidir.
Talaba o’z huquqlarini suiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan o’zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.
8. Davlat grantlari bo’yicha va to’lov-kontrakt asosida o’qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shaklida ta’lim olayotgan talabalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar.
Talabalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va Beruniy, Ibn Sino, Navoiy va Ulug’bek nomidagi Davlat stipendiyalari, shuningdek, o’qishga yo’llagan yuridik va jismoniy shaxslar tayinlagan stipendiyalarni olish huquqiga egadirlar.
9. Harbiy xizmatni o’tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug’ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabagaO’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.
10. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq kunduzgi o’quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga filialda o’qiyotgan vakti davomida harbiy xizmatga chakirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.
11. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialida o’z hohishi yoki uzrli sabablarga ko’ra chetlashtirilgan talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash hamda o’qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari asosida qayta o’qishga tiklanish huquqiga ega.
Ilgari filialdan ma’muriyatning tashabbusi bilan chetlashtirilgan shaxslarni barcha o’quv shakllari bo’yicha talabalar safiga qayta tiklash to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filiali talabalari belgilangan tartib va qoidalar asosida boshqa oliy ta’lim muassasalariga o’qishlarini ko’chirish (o’qishga qayta tiklanish) huquqiga ega.
12. O’zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega bo’lmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari (markazlar, bo’limlar, o’quv-maslahat punktlari va boshqalar) dan talabalarni O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialiga o’qishini ko’chirish (o’qishga tiklash) mumkin emas.
Talabalar o’qishini bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
13. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filiali talabalari oliy ta’limning ta’lim dasturlari va o’quv rejasida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari zarur hamda O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali Ustaviga, Ichki tartib qoidalariga rioya etishlari shart.
O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni o’qish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan ishlarga jalb etish man etiladi.
14. Ushbu Ustav va filialning Ichki tartib qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda talabaga nisbatan kuyidagiintizomiy jazo choralari ko’riladi: hayfsanhamda talabalarsafidanchetlatish.
Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi qollarda chetlashtirilishi mumkin:
– o’z xohishiga binoan;
– o’qishning boshqa ta’lim mussasasiga ko’chirilishi munosabati bilan;
– salomatligi tufayli (tibbiy komissiyasi ma’lumotnomasi asosida);
– akademik o’zlashtira olmaganligi (karzdorligi) uchun;
– o’quv intizomini va filialining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
– bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
– o’qish uchun belgilangan to’lov o’z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to’lov-kontrakt bo’yicha tahsil olayotganlar uchun);
– talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
– vafot etganligi sababli.
Filial ma’muriyati tashabbusi bilan talabalarni o’qishdan chetlashtirish filial kasaba uyushmasiiiig yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi bo’lgan talabalar unun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Qoidalarning 14-bandi 4-kichik bandiga ko’ra chetlashtirilayotgan holda, filiapning “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
Intizomiy jazoga tortilgan talaba o’ziga qo’llanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda norozilik bildirishi mumkin.
Talabaga nisbatan qo’llanilgan intizomiy jazo yuzasidan ma’lumot uning shaxsiy yig’ma jildida saqlanadi.
Intizomiy jazolar talabalarning kasallik yoki ta’tilda bo’lgap vaqti hisobga olinmagan holda xatti-harakat aniqlangandan so’ng bir oydan va xatti-harakat sodir etilganidan so’ng olti oydan kechiktirilmay qo’llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademnk ta’til yoki homiladorlik va tug’ish holati bilan bog’liq bo’lgan ta’til paytlarda talabalar safidan chetlashtirish mumkin emas.
Kasallik payti talaba (yoki uning ota-onasi) ariza va tegishli ma’lumotnomalar bilan, odatda, bir haftadan kechiktirilmasdan institutga ma’lum qilinadi.
15. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialida ta’lim ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiriladi.
Filialiing professor-o’qituvchilari tarkibi, o’quv-yordamchi va ma’muriy-xo’jalik xodimlari (personali)
16. O’zDSMIniig Farg’ona mintaqaviy filialida professor- o’qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, muhandislik-texnika, ma’muriy- xo’jalik, ishlab chiqarish, o’quv-yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud.
Professor-o’qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o’qituvchi, o’qituvchi, assistent lavozimlari kiradi.
17. Professor-o’qituvchilar tarkibidagi lavozimlarni egallash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevral 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida”giNizomga muvofiq tanlov asosida mehnat shartnomasi bo’yicha amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 9 mart F-137-sonli farmoyishiga muvofiq filialning direktor o’rinbosarlari, direktor tavsiyasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tayinlanadi.
18. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialining professor- o’qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
– belgilangan tartibda filial Ilmiy Kengashiga saylash va saylanish;
– filialning faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
– filialning axborot-resurs markazi, o’quv, ilmiy va ijodiy bo’linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo’limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;
– o’qitishning uslub va vositalarini tanlash, o’quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
– filial ma’muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat kilish;
– qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish, lavozimlarni egallash;
– o’zlari ishlayotgan kafedradan tashqari boshqa kafedra, tashkilotlarda o’rindoshlik asosida ishlash (asosiy ish joyi bilan kelishilgan holda);
– xorijiy mutaxassislarning sohaga doir ilmiy va o’quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;
– o’z fani bo’yicha sifatli darsliklar va o’quv ko’llanmalar tayyorlash;
– nazariy bilimlarini, amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;
– talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik kilish;
– grantlar, ilmiy loyihalar, xo’jalik shartnomalarida ishtirok etish;
– O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
19. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filiali professor-o’qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarining majburiyatlari Quyidagilardai iborat:
– ta’lim to’g’risidagi qonunchilik, mehnat va texnologiya intizomi, filial Ustavi, ichki mehnat tartibi qoidalariga qat’iy rioya qilish;
– o’zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o’qituvchilik sha’niga dog’ tushirmaslik;
– ish jarayonida muloqot qiladigan filial xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan xushmuomalada bo’lish;
– ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy reja asosida o’quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy- ma’rifiy ishlarni o’z vaktida va sifatli bajarish, xususan:
a) o’quv yuklamalari hajmini, o’quv-uslubiy, ilmiy o’quv-tashkiliy ishlarni tasdiqlangan shaxsiy reja asosida bajarish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ishtirok etish;
b) darslik, o’quv qo’llanma tayyorlash, o’quv adabiyotlar, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish;
v) tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda bevosita ishtirok etish, shu jumladan, darsdan tashqari vaqtlarda o’tkaziladigan tadbirlarda;
d) Ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangan kafedra ilmiy mavzularida ishtirok etish;
e) o’z malakasini muntazam ravishda oshirish;
– mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalariga rioya qilish;
– filialning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;
– ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy moddiy zararni qoplash;
– filial jamoatchilik ishlarida qatnashish;
– pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta’minlash;
– zamonaviy talablar darajasida ta’lim oluvchilarning tanlagan yo’nalishi (mutaxassisligi) bo’yicha yuksak kasbiy tayyorgarlikni, mehnatga bo’lgan qobiliyatni shakllantirish;
– chet tili va axborot texnologiyalaridan savodxonligini oshirib borish;
– ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish;
– “Ustoz-shogird” tizimida ishtirok etib, o’ziga biriktirilgan shogirdlar bilan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
– o’zining odobi, madaniyati, ma’naviy saviyasi bilan o’rnak bo’lish;
– kiyinish madaniyatiga rioya etish;
– respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda ro’y berayotgan yangiliklardan xabardor bo’lish;
– filial, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
– o’zi o’qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;
– darslarni yuqori saviyada o’tish;
– fan yo’nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;
– har o’quv yili boshlangunga qadar o’zi o’qitadigan fan(lar)ning ishchi o’quv dasturi, kalendar rejasi va reyting nazoratlari jadvalini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlash;
– reyting nazorat turlarini o’z vaqtida o’tkazish;
– talabalar bilimini xolisona baholash;
– yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo’llash;
– ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish;
– talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
– oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish.
20. Filial professor-o’qituvchi xodimlarining chet el xizmat safarlari amaldagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnoma va me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi (O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ruxsati yoki vazirlik bilan kelishilgan holda).
21. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialining professor- o’qituvchilari tarkibi uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirish kafolatini ta’minlaydi.
22. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialning ma’muriy-xo’jalik, muhandislik-texnika, o’quv-yordamchi va boshqa xizmat xodimlarining huquk va majburiyatlari filialning ichki tartib-qoidalari va lavozim yo’riqnomalari bilan belgilanadi.
IV. O’quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlar
23. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filiali quyidagi yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha oliy ta’lim dasturlarini amalga oshiradi:
1) Oliy ta’lim (bakalavriat):
- a) ishlab chiqarishdan ajralgan holda (bakalavriat) o’quv shakli yo’nalshilari nomlari:
- 5150300 – Aktyorlik san’ati (turlari bo’yicha)
- 5150400 – Rejissyorlik (turlari bo’yicha)
- 5150200 – San’atshunoslik (turlari bo’yicha)
- 5151600 – Xalq ijodiyoti (turlari bo’yicha)
24. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filiali ta’limning asosiy ta’lim dasturlarini ikki bosqichda amalga oshiradi:
Bakalavriat – ta’lim yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, o’qish muddati 4 yildan kam bo’lmagan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga ko’ra ta’lim yo’nalishi bo’yicha «bakalavr» darajasi beriladi xamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
Bakalavr davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug’ullanish yoki tanlagan ta’lim yo’nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta’lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o’qishni davom ettirish huqukini beradi.
Magistratura – yo’nalishning muayyan mutaxassisligi bo’yicha fuidamental va amaliy bilimlar beruvchi, bakalavriat negizida, o’qish muddati 2 yildan kam bo’lmagan oliy ta’limdir.
Magistr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo’yicha tayyorlangan muayyan mutaxassislik bo’yicha «magistr» darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
Bakalavr va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug’ullanish yoki tanlangan ta’lim yo’nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta’lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o’qishni davom ettirish huquqini beradi.
Oliy ta’limning turli bosqichida asosiy ta’lim dasturlari bo’yicha dastlabki ta’lim olish, ikkinchi oliy ta’lim olish sifatida qaralmaydi.
25. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialida ta’lim jarayonini tashkil etish tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va o’rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan o’quv rejalari va fanlarning dasturlari, filial direktori (o’quv va ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari) tomonidan tasdiqlangan yillik kalendar o’quv jadvali hamda mashg’ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
Ta’lim jarayonini maqsadli yo’naltirish yo’li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo’li bilan institut talabalariga oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini o’zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratib beradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining birligi davlat ta’lim standartlari bilan ta’minlanadi. Filialning gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlari kafedralari, ma’naviy-ma’rifiy va sport bo’g’inlariga, talabalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlariga, rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
26. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialida o’quv mashgulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, konsultatsiya, seminar, amaliy mashg’ulot, mahorat darsi, laboratoriya ishi, yakka mashg’ulot (amaliy ijrochilik bilan bog’liq bo’lgan san’at yo’nalishlarida), nazorat ishi, test, kollokvium, mustaqil ish, amaliyot, kurs loyihasi (kurs ishi), bakalavrlik bitiruv malakaviy ishi.
Auditoriya mashg’ulotlarining bir juftligi uchun 80 daqiqalik vaqt belgilanadi. O’quv mashg’ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa bo’ladi.
Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o’zbek hamda rus tillari xisoblanadi.
27. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialida kadrlar tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladi.
Oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturi doirasida ta’lim olishning barcha shakllari uchun o’rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va “O’zstandart” agentligida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan davlat ta’lim standarti qo’llaniladi.
28. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialida o’quv yili ikki semestrga bo’linadi va uning har birida talabalarning o’zlashtirishi reyting nazorati shaklida olib boriladi.
O’zlashtirgan talabalarni kursdan kursga o’tkazish o’quv va ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari tavsiyasiga binoan direktor buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o’tkazish mumkin emas.
Oliy ta’limning ta’lim dasturlarini o’zlashtirish, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligidan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida” gi Nizomga muvofiq tartibga solinadi, “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to’g’risida”ti Nizomga asosan bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi bilan tugallanadi.
29. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialida o’kitishning zamonaviy shakl va metodlari, ilg’or pedagogika, innovatsiya va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, elektron axborot resurslari, jumladan, Internetdan keng foydalangan holda, ta’lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta’minlash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo’naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.
V. Oliy ta’lim muassasasining tarkibi
30. O’zDSMIning Farg’ona mintaqavny filialining tarkibiga quyidagilar kiradi:
– Aktyorlik san’ati va Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi
– O’quv-uslubiy bo’limi
– Ma’naviy-ma’rifiy va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi
– Moliya-iqtisodiyot bo’limi
– Axborot-resurs markazi
– Hisobxona
– Texnik foydalanish va xo’jalik bo’limi
– Devonxona va arxiv
– Kadrlar bo’limi
– Monitoring va ichki nazorat bo’limi
– Axborot-texnologiyalari markazi
– Marketing bo’limi
– Yuristkonsulьt
– Fuqaro va mehnat muqofazasi bo’limi
– Talabalar turar joyi
– Sport inshootlari
– O’quv teatri
VI. Oliy ta’lim muassasasnni boshqarish
31. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialini boshqarish O’zbekiston Respublikasi qonuichiligi hamda ushbu Ustavga muvofiq yakka raxbarlik va filialning Ilmiy kengashi, Vasiylar kengashi orqali jamoatchilik boshqaruvini oshkoralik tamoyili asosida amalga oshiriladi.
32. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialini bevosita boshqarish O’zbekiston Respublikasi Prezideitining 1992 yil 9 mart 137-f farmoyishida belgilangan tartib asosida tayinlanadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Direktor filial faoliyatiga, shuningdek, filialning Ichki tartib qoidalari, Oliy ta’lim to’g’risidagi Nizom hamda mazkur Ustavda belgilangan majburiyatlar uchun to’la mas’uldir.
Direktor O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq filial nomidan ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda uning vakili sifatida qatnashadi, filialning mol-mulkiga mas’ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bank muassasalarida filialning hisob raqamlarini ochadi, moliyaviy mablag’lardan o’rnatilgan tartibda foydalanish bo’yicha farmoyishlar beradi.
Filial direktori vakolati doirasida:
– filialning barcha xodimlari, talabalari va boshqa ta’lim olayotganlar uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;
– filial direktor o’rinbosari lavozimiga nomzodlarni tavsiya etadi va direktor) o’rinbosarlari vazifalari hamda mas’uliyatlarini belgilaydi;
– filial xodimlari va xizmatchilarini, shuningdek, ilmiy-pedagogik xodimlarini O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ishga olish va bo’shatishni amalga oshiradi;
– filial xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va qo’shimchalarni belgilaydi;
– kasaba uyushma qo’mitasi yoki filialning boshqa vakolatli organi bilan kelishgan holda Ichki tartib qoidalarini tasdiqlaydi;
– filialning amaldagi qonun hujjatlari yoki Vazirlikning normativ-huquqiy hujjatlari buzilgan holda chiqarilgan buyruqlarini bekor qiladi;
– filialda Namunaviy shtat birliklariga muvofiq ajratilgan mablag’lar hamda ish haqi fondi, tasdiqlangan filial xodimlarining soni va lavozim maoshlari, tarif setkasi doirasida filial professor-o’qituvchilari tarkibi va filial xodimlarining shtat birligini tasdiqlaydi hamda lavozim maoshlarini belgilaydi.
Filial direktoriga o’zi ishlayotgan filialda va undan tashqarida haq to’lanadigan boshqa rahbarlik lavozimida (ilmiy va ilmiy-metodik rahbarlikdan tashqari) o’rindoshlik bo’yicha ishlashga ruxsat etilmaydi. Direktor o’z vazifalarini o’rindoshlik bo’yicha bajarishi mumkin emas.
33. “Oliy ta’lim to’g’risida”gi Nizomga muvofiq O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialida filial faoliyatining asosiy masalalarini ko’rish uchun Ilmiy Kengash tashkil etiladi.
Ilmiy Kengash tarkibiga direktor kiradi va Ilmiy Kengash raisi hisoblanadi, direktor o’rinbosarlari, kafedralar mudirlari, shuningdek, talabalar va filial xodimlari kasaba uyushmasi kengashi vakillari kiradi. Filial Ilmiy Kengashining boshqa a’zolari umumiy majlisda yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi. Professor-o’qituvchilar tarkibidan Ilmiy Kengashga saylanadiganlar soni direktor buyrugi bilan belgilanadi.
Ilmiy Kengashning vakolati, uni saylash va faoliyat yuritish tartibi ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasining Ilmiy Kengashi to’g’risida”gi Nizom bilan belgilanadi.
34. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialida Vasiylar kengashi filialning boshqaruvchi jamoatchilik organi hisoblanadi. Uning tarkibiga muassis-vazirliklar, mahalliy hokimiyat, ishbilarmon doiralar, jamoatchilik tashkilotlari, jamg’arma va vasiylar, boshqa ta’lim muassasalarining vakillari kiradi.
Vasiylar kengashining tarkibi, vakolatlari, shakllantirish tarkibi va faoliyati “Vasiylar kengashi to’g’risida”gi Nizom bilan belgilanadi.
35. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialida kasaba uyushmalari va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko’rsatadi. Talabalar va xodimlar manfaatlarini himoyalashni ta’lim va fan kasaba uyushmalari hamda ularning filialda saylangan organlari amalga oshiradi. Talabalar va xodimlar vakolat organlarining huquqlari va ularga nisbatan filial ma’muriyatining majburiyatlari kasaba uyushmasi va jamoatchilik tashkilotlari nizomlarida ifoda etiladi.
Amaldagi nizomlarga muvofiq O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialida ilmiy va ixtiyoriy jamiyatlar, ilmiy-uslubiy, ilmiy-texnik kengashlar va komissiyalar, yosh olimlar kengashi va boshqalar tashkil etilishi mumkin.
Filial direktori va Ilmiy Kengash o’z faoliyatida filial jamoatchilik tashkilotlarining tavsiyalarini ko’rib chiqadi va o’z faoliyatlarida ularni hisobga oladi.
36. Kafedra faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq tanlov asosida filialning Ilmiy Kengashi tomonidan saylanadigan mudir rahbarlik qiladi (O’zDSMI bilan kelishilgan holda).
Kafedra mudirining vakolatlari va kafedra faoliyatining tartibi “Oliy ta’lim muassasasiiing kafedrasi to’g’risida”gi Nizom bilan belgilanadi.
VII. Moliya-xo’jalik faoliyati va moddiy-texnik baza
37. O’zDSMIningFarg’ona mintaqaviy filialiga ushbu Ustavda nazarda tutilgan faoliyatniamalga oshirish maqsadida operativ boshqarish hukuki bilan davlat (ta’sischi) tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, oliy ta’lim muassasasining pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek, iste’mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo’lganmulklar biriktiriladi.
O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filiali faqat O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan ob’ektlar katoriga kiritilgan.
O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialiga ajratilgan yer uchastkalari filialga muddatsiz tekin foydalanish uchun biriktirilgan.
38. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filiali jismoniy va yuridik shaxslardan sovg’a, hadya yoki vasiyat bo’yicha berilgan pul mablag’lari, mol-mulk va boshqa mulkiy ob’ektlarga, filial faoliyatining samarasi hisoblangan intellektual va ijodiy mahsulotlarga, shuningdek, o’z faoliyati orqali oladigan daromadlar va bu daromadlar hisobidan sotib olinadigan mulkiy ob’ektlarga egalik qilish huquqiga ega.
39. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filiali mol-mulkni ijaraga oluvchi va mol-mulkni ijaraga beruvchi sifatida faoliyat ko’rsatish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq oliy ta’lim muassasasi o’ziga biriktirilgan ijaraga berilishi qonun hujjatlariga zid bo’lmagan binolar, inshootlar va ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulklarni Kengashning roziligi bilan belgilangan narxlar bo’yicha ijaraga berishni amalga oshiradi.
Ijara haqi sifatida olingan mablag’lar ta’lim jarayonini ta’minlash va uni rivojlantirish uchun foydalaniladi.
40. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialining ta’lim faoliyatini moliyaviy ta’minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash uchun ajratilgan byudjet mablag’lari, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag’lar, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag’lar, jumladan, talabalar va tinglovchilarni o’qitish uchunbelgilangan tartibda olingan to’lov-shartnoma asosidagi mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi.
41. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialining asosiy faoliyatiga zarar yetmaydigan tartibda ta’lim va boshqa sohalarda pullik xizmat faoliyatini amalga oshirishi, bu maqsadda studiya, pullik kurslar, to’garaklar, firma va boshqa tuzilmalar tashkil qilishi mumkin. Filial shug’ullanadigan tadbirkorlik faoliyati mazkur Ustavda belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak.
Filial o’z mulki bilan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning ustav jamg’armasida qatnashish, pullik ta’lim xizmatlari, konsulьtatsiyalar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy to’lovlardan so’ng kolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huqukiga ega.
Filial O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur Ustavga zid bo’lmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo’yicha masalalarni mustaqil hal kiladi.
42. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialida lavozim maoshlari mehnat shartnomasn (bitimi) tuzilayotganda “Oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’laishto’g’risida”gi Nizom va mexnatga haqto’lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi. Filial xodimiga lavozim maoshi (stavka), o’z funktsional vazifalarni hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun to’lanadi. Qo’shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag’batlantirish tadbirlarining hajmini filial mustaqil, ish haqi fondi doirasida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va hajmda belgilaydi.
Belgilangan maoshlar attestatsiya natijasiga ko’ra uni oshirish yoki kamaytirish maqsadida qayta ko’rnb chiqilishi mumkin.
43. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviyfilialida tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat ko’rsatishlari uchun zarur bo’lgan xonalarni ajratadi.
Filial qoshida tibbiy-sanitar muassasasi faoliyat ko’rsatib, unga isitish, yoritish va suv ta’mnnoti bilan taьminlangan xonalar ajratiladi.
Filialning tegishli binolarini ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish yoki yangilarini qo’rish, ularnnng moliyaviy ta’minoti qonunchilikda belgnlangan tartibda amalga oshirnladi.
VIII. Xalqaro hamkorlik
44. O’zDSMInnng Farg’ona mintaqaviy filiali O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq ta’lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlnkda ishtirok etadilar, chet davlatlarnnng tegishli o’quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o’rnatish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan ko’shma o’quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega.
Chet el fukarolarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, filial ilmiy-pedagogik xodimlariiish O’zbekistoi Respublikasi hududidan tashqarida o’qituvchilik va ilmiy-tadkiqotchilik ishlari davlatlararo organining xorijiy davlatlariiig ta’limii boshqarish bo’yicha tegishli organlari orasidagi shartnomalar, shuningdek, O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialining qonunchilikka muvofiq chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
IX. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filiali quyidagi huquqlarga ega:
– xalqaro nodavlat tashkilotlarga kirish;
– O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari deb qaralishi mumkin bo’lmagan, xorijiy sheriklar bilan xamkorlikdagi faoliyat to’g’risida belgilangan tartib asosida shartnomalar tuzish;
– xorijiy sheriklar ishtirokida filialning tarkibiy bo’linmalari (markazlar, laboratoriyalar, texnik saroylar va boshqa bo’linmalar)ni qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibda tashkil etish;
45. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filiali O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ushbu Ustavda nazarda tutilgan va “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni xamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni bajarishga, shuningdek, xalqaro aloqalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega.
46. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filialining tashqi iktisodiy faoliyatidan tushgan valyuta, moddiy tushumlari qonunchilikka binoanuning Ustavida belgilangan faoliyatini ta’minlash uchun ishlatiladi.
X. Yakuniy qoidalar
47. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filiali O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda qo’yidagilarga javob beradi:
– o’z vakolatiga kiritilgan vazifalarni bajarmaganligi;
– ta’lim jarayonida o’quv reja va jadvallarga muvofiq ta’lim dasturlari hajmini to’liq bajarmaganligi;
– ta’lim jarayoni vaqtida filialda ta’lim oluvchilar va xodimlarining hayoti va sog’ligi;
– ta’lim oluvchilar va filial xodimlarining xukuk va erkinliklarining buzilganligi;
– O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlar.
48. O’zDSMIning Farg’ona mintaqaviy filiali O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida qayta tashkil qilinishi yoki tugatilishi mumkin.
49. Filialning Ustavi “Davlat oliy ta’lim muassasasining Namunaviy Ustavi”da belgilangan tavsiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.
Filial tomonidan ishlab chiqilgan ushbu Ustav O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan tasdiqlanib, o’rnatilgan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Filialning Ustaviga o’zgartirish yoki qo’shimchalar kiritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.