ЭЛ-ЮРТ УМИДИ” ЖАМҒАРМАСИ 2024 ЙИЛГИ 1-ОЧИҚ СТИПЕНДИЯ ТАНЛОВИНИ ЭЪЛОН ҚИЛАДИ!
Мамлакатимизнинг инновацион салоҳиятини янада ривожлантиришни мақсад қилган, креатив фикрлайдиган ёшлар, истеъдодли профессор-ўқитувчилар, ёш олимлар ва илмий тадқиқотчилар, педагоглар ва иқтисодиёт тармоқлари мутахассислари диққатига!
“Эл-юрт умиди” жамғармаси Васийлик кенгашининг 2024 йил 21 июндаги 2-сон қарорга асосан хорижий давлатлар нуфузли университетлари ва илмий марказларида бакалавриат, магистратура ва докторантурада таълим олиш учун 500 ўринга мўлжалланган Жамғарманинг 2024 йилги 1-очиқ стипендия танловини эълон қилади!
“Эл-юрт умиди” жамғармаси 2024 йилги 1-очиқ стипендия танловида 500 ўрин 2024-2025 ўқув йилида хорижда таълим олиш учун энг нуфузли хорижий давлатларда:
– бакалавриат таълим дастури учун 100 ўрин,
– магистратура таълим дастури учун 250 ўрин,
-докторантура таълим дастури учун 150 ўринга стипендиялар ажратишини маълум қилади.
Агар Сиз юқори интеллектуал салоҳиятга эга, замонавий ва креатив фикрлайдиган, мамлакат иқтисодиёти ва илм-фанига инновацион ғоялар
ва технологиялар олиб кириш ҳамда уни рақамли асосда қайта шакллантириш асносида ривожлантиришни ўз олдингизга мақсад қилиб қўйган бўлсангиз – бу имконият айнан Сиз учун!
Стипендия танловига номзодлар ҳужжатларини қабул қилиш жорий йилнинг
25 июнидан 25 июлига қадар, республиканинг барча ҳудудлари вакиллари учун ягона тартиб ва тенг имконият асосида, онлайн режимда ва электрон тарзда қабул қилинади.
Номзодлар ҳужжатларни топшириш жараёнида бугунги кунда амалда бўлган хорижий таълим муассасасига ўқишга қабул қилинганлиги ёки шартли қабул қилинганлиги тўғрисидаги таклифнома-хат (Lеttеr оf аccеptаncе ёки Lеttеr оf cоnditiоnаl аccеptаncе), нуфузли университетларда ўқиётган номзодлар хорижда таълим олаётганлигини тасдиқловчи маълумотномаларни юклашлари талаб этилади.
Номзодлар томонидан тизимга юкланадиган хорижий таълим муассасасига ўқишга қабул қилинганлиги ёки шартли қабул қилинганлиги тўғрисидаги таклифнома-хат (Lеttеr оf аccеptаncе ёки Lеttеr оf cоnditiоnаl аccеptаncе) ёки маълумотномаларда таълим олишни бошлаш даври ва таълим оладиган мутахассислик номи аниқ кўрсатилиши лозим.
Номзодлар томонидан нуфузли университетлардан ўқиш харажатлари бўйича грантлар (чегирмалар) мавжуд бўлган тақдирда мазкур маълумотларни тасдиқловчи ҳужжатларни юклашлари шарт.
Бакалавриат дастурида иштирок этадиган номзодлар мактабни, лицей
ва коллежни тугатганлигини тасдиқловчи аттестат ва дипломлар билан иштирок этишлари талаб этилади.
Мазкур танловдан “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали, хорижда таълим олишнинг бошқа харажатлари меъёрлари каби, ўқиш харажатларининг ҳам энг юқори миқдори белгиланганлигига эътибор беришингизни сўраймиз.
Саралаш танлови жараёнларини ўтказиш, жумладан номзодларнинг интеллектуал, таҳлил қилиш ва ижодий қобилиятлари даражасини аниқлашга қаратилган қўшимча тест синовлари ҳамда назарий билим ва амалий кўникмалари даражасини аниқлашга қаратилган давлат тилида суҳбат ўтказиш жорий йилнинг
25 июлдан 24 августга қадар давом этади.
Танловга оид барча маълумотлар “Эл-юрт умиди” жамғармасининг www.eyuf.uz сайти орқали батафсил эълон қилиб борилади. Номзодлар учун барча зарур маълумотлар Жамғарманинг Онлайн ҳужжат топшириш платформасида батафсил ёритиб берилган: http://admission.eyuf.uz.
Қўшимча саволларга жавобларни 998 71 203 00 47, 203 00 48, 203 00 51 телефон рақамларига ёки info@eyuf.uz.электрон почта манзили орқали олиш мумкин.
E’LON
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9-sentyabrdagi 563-sonli qaroriga asosan 2021 yil 1-sentyabrdan boshlab oliy taʼlim muassasalarida “guruh murabbiyi” instituti bekor qilinib, OTMlarning 1-3 kurs talabalarining maʼnaviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boruvchi, mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam koʻrsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali maʼmuriyati 1 nafar tyutorlik lavozimiga nomzodlarni suhbat asosida ishga qabul qilish bo‘yicha eʼlon qiladi.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
1.Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
2.Pedagogik (kamida 3 yil) ish stajiga ega boʻlishi;
3.Yoshlar bilan ishlay olish tajribasi va koʻnikmasiga ega boʻlishi;
4.Axborot kommunikatsion texnologiyalari vositalaridan foydalana olish malakasi va koʻnikmasiga ega boʻlishi.
Eslatma: Ishga qabul qilingan tyutorlarga boshqa lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlashga ruxsat berilmaydi.
Hujjatlar:
1) nomzodning shaxsiy maʼlumotnomasi (obyektivkasi);
2) oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomi;
3) pasport nusxasi (propiskasi bilan).
4) mehnat daftarchasidan nusxa.
Hujjatlar bilan birga ishlab turgan telefon raqami ham yozib qoldirilishi lozim.
Tanlov 27-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zDSMI FMF matbuot xizmati
E’LON
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2022-yil 12-noyabrdagi 31/2-416-sonli topshiriq xatiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 8-noyabrdagi KQ-424-IV-son qarori asosida internet jahon axborot tarmog‘ida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini oshirish va zararli axborotdan himoya qilish maqsadida Imkon.uz milliy ijtimoiy tarmog‘I faoliyat ko‘satmoqda. Shu munosabat bilan ushbu ijtimoiy tarmoqqa barcha talabalar va xodimlarni a’zo bo‘lishi so‘raladi.
E’LON
✅ O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida tashkil etilgan “Bolalar raqs to‘garagiga” qabul e’lon qilinadi. Raqs to‘garagiga 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan qiz va o‘g‘il bolalar alohida guruhlarga qabul qilinadi. Mashg‘ulotlar xaftaning seshanba va payshanba kunlari soat 14:00 dan 15:00 gacha malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
🌐 Manzil: Qo‘qon shahar, Movarounnahr ko‘chasi 3A-uy
📞 Murojaat uchun telefon: +998 90 3445018
“Inson qadri uchun” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi
Eʼlon linki: https://oyina.uz/kiril/announcement/63
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Inson qadri uchun” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovga quyidagi mavzular boʻyicha yangidan yaratilgan, 3 daqiqadan oshmaydigan ijtimoiy videoroliklar qabul qilinadi:
- a) maʼnaviy-axloqiy fazilatlar (bunda salomlashish odobi, kattaga hurmatda, kichikka izzatda boʻlish, mehnatsevarlik, kamtarlik, ziyraklik, mehmondoʻstlik, bolajonlik, murosalilik, tejamkorlik, halollik, rostgoʻylik, hojatbarorlik, vijdonlilik, daxldorlik, mardlik, shijoat, milliy gʻurur, qatʼiyat, tadbirkorlik, oriyat, ibo, hayo, qanoat, mehnatsevarlik, oliyjanoblik, kitobxonlik kabi maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan syujetlarga eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq);
- b) boqiy anʼana va milliy qadriyatlar (bunda xalqimiz tomonidan asrlar davomida qadrlanib, sayqal topib kelayotgan, jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshadigan milliy urf-odat va qadriyatlarga doir mavzular aks ettirilishi mumkin);
с) ijtimoiy hamjihatlik (bunda millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikenglik, mehr-shafqat, oʻzaro mehr-oqibat, yaqin qoʻshnichilik, doʻstlik va shu kabi jamiyatning jipsligiga xizmat qiladigan ezgu fazilatlar bilan bogʻliq mavzular yoritilishi mumkin);
- d) ekologik madaniyat (bunda videoroliklar atrof-muhitni asrash, tabiat neʼmatlarini isrof qilmaslik, jamoat joylarini toza saqlash, “Yashil makon” loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish kabi mavzularda tayyorlanishi mumkin).
Gʻoliblarni aniqlashda quyidagi mezonlarga eʼtibor qaratiladi:
- videorolikda mavzuning mazmun-mohiyati ochib berilgani;
- tasvir, ovoz va montaj ishining sifati;
- muallifning oʻziga xos ijodiy yondashuvi, ishning plagiat emasligi;
- videorolikning barcha toifadagi foydalanuvchilar uchun moʻljallangan boʻlishi;
- videorolikda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarimizga zid boʻlgan tasvir yoki mazmun aks ettirilmasligi.
Tanlovning hududiy va respublika bosqichi gʻoliblari, ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalar sovrindorlari quyidagicha taqdirlanadi:
Birinchi bosqichda:
1-oʻrin – 10 000 000 (oʻn million) soʻm;
2-oʻrin – 7 500 000 (yetti million besh yuz ming) soʻm;
3-oʻrin – 5 000 000 (besh million) soʻm;
4 va 5-oʻrinlar hamda 5 ta ragʻbatlantiruvchi nominatsiya – 3 000 000 (uch million) soʻmdan.
Yakuniy bosqichda:
1-oʻrin – 50 000 000 (ellik million) soʻm;
2-oʻrin – 40 000 000 (qirq million) soʻm;
3-oʻrin – 30 000 000 (oʻttiz million) soʻm;
5 ta ragʻbatlantiruvchi nominatsiya – 10 000 000 (oʻn million) soʻmdan.
Ishtirokchilar oʻzlari tayyorlagan ijtimoiy videoroliklarni shu yilning 1-oktabrigacha Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlariga yuborishlari lozim.
Murojaat uchun telefon / telegram:
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 93 486 66 20;
2) Andijon viloyati – 99 110 87 86;
3) Buxoro viloyati – 99 703 4014;
4) Jizzax viloyati – 93 301 57 71;
5) Navoiy viloyati – 90 730 06 49;
6) Namangan viloyati – 91 361 06 90;
7) Samarqand viloyati – 88 935 71 71;
8) Sirdaryo viloyati – 91 505 43 73;
9) Surxondaryo viloyati – 93 239 00 95;
10) Toshkent viloyati – 94 683 38 92;
11) Fargʻona viloyati – 90 560 26 56;
12) Xorazm viloyati – 97 856 95 94;
13) Qashqadaryo viloyati – 97 906 07 00;
14) Toshkent shahri – 93 036 02 66.
Ijodiy ish bilan birga tanlov ishtirokchisining ism-familiyasi, yashash manzili, telefon raqami, ish yoki oʻqish joyi haqidagi maʼlumot ham yuborilishi shart.
Hududiy bosqichda tanlov mezonlariga mos boʻlgan 1–5-oʻrinlar va 5 ta ragʻbatlantiruvchi nominatsiya sohiblari mukofotlanadi hamda respublika bosqichiga tavsiya etiladi. Yakuniy bosqichga chiqqan ishtirokchilar oʻz videoroliklarini yanada takomillashtirishlari yoki mutlaqo yangi videorolik tayyorlab, taqdim etishlari mumkin boʻladi.
“Inson qadri uchun” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi haqidagi barcha maʼlumotlar Oyina.uz portali va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eʼlon qilib boriladi.
O’ZINGIZNI EHTIYOT QILING FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG