FILIAL KENGASHINING NAVBATDAGI YIG’ILISHI

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali kengashining 2023/2024-o’quv yili bo‘yicha 8-sonli yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich raisligida o’tkazilgan ilmiy kengash davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Madaniyat vazirliklari buyruqlari ijrosi to‘g‘risida, filialning 2023-yildagi moliyaviy xо‘jalik faoliyati va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish to’g’risida, filialda talabalarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish va ularning ma’naviy olamini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida, filial xotin-qizlari kengashi boshlang‘ich tashkiloti raisining olib borayotgan ishlari, mavjud muammolar va ularning echimlari to’g’risida, “Cholg‘u ijrochiligi va musiqiy- nazariyasi” kafedrasida me’yoriy hujjatlarning yuritilishi, o‘quv, ilmiy, ijodiy faoliyatni tashkil etilishi va bajarilish holati tо‘g‘risida hisobotlar tinglandi va tahlil etildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kengash so’ngida filial direktori Mirmuxsin Gapurov «Cholg‘u ijrochiligi va musiqiy-nazariy fanlar» kafedrasi dotsenti v.b. «Madaniyat va san’at fidokori» ko’krak nishoni sohibasi Muhtasarxon Ismoilovaga Oliy Attestatsiya Komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan dotsentlik ilmiy unvoni guvohnomasini tantanali ravishda topshirdi.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan