O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni filialning sirtqi ta’lim shaklidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat jarayonining baholash mezoni
Suhbat jarayonida bitiruvchilarning har biriga quyidagi mavzular bo‘yicha bittadan jami to‘rtta savol beriladi:
- Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyati (jami savollar 15 ta 1-ilova);
- Belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashdan asosiy maqsad (jami savollar 15 ta 2-ilova);
- Belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos mehnat faoliyati davomida erishgan yutuq va natijalari(umumiy tartibda har bir abituriyent javob beradi);
- Belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasida bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi (yo’nalishlar bo‘yicha alohida mezonlar asosida olinadi, 3-ilova).
Har bir savolga 25 balldan ajratilib, jami to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ball 100 ballni tashkil etadi.
Savollarga javob berish darajasi quyidagicha belgilanadi.
“A’lo” – 23-25 ball.
“Yaxshi” – 20-22 ball.
“Qoniqarli” – 17-19 ball
“Qoniqarsiz” – 16-0 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ball 100 ballni tashkil etadi.
Muayyan ta’lim yo‘nalishi (guruh) bo‘yicha suhbat jarayoni yakunlangach, Suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballar hisoblab chiqiladi va Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan qaydnomaga kiritib boriladi.
Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qaydnomaga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtachasi 55 balldan yuqori bo‘lganda abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi.
Muayyan ta’lim yo‘nalishi (guruh) bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra suhbatdan o‘tganlar ro‘yxati shu kunning o‘zida abituriyentlarga o‘qib eshittiriladi.
Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalari qayd etish varag‘iga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtachasi 55 ball va undan yuqori bo‘lganda abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasasida suhbatlar o‘tkazilishi davrida belgilangan tartibda apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellatsiya shikoyatlari suhbat natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida oliy ta’lim muassasasida to‘g‘ridan to‘g‘ri yozma shaklda yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn shaklda qabul qilinadi va appelatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda bir kundan uch kungacha bo‘lgan muddatda videoyozuv asosida ko‘rib chiqiladi.
1-ilova
- Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyati
1. | Bugungi kunda madaniyat va san’at sohasiga doir qanday me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud? |
2. | Mamlakatimizda yoshlarning madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha qanday ishlarni amalga oshirmoqda? |
3. | Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo’shvaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha beshta muhim tashabbus qachon, nima uchun qabul qilingan? |
4. | Beshta muhim tashabbusning birinchi tashabbusi haqida gapirib bering? |
5. | “Madaniyat karvonlari” nima uchun tashkil etildi, ular qanday maqsadlarni amalga oshirib kelmoqda? |
6. | “Yoshlar- kelajak poydevori” degan fikrga sizning munosabatingiz qanday? |
7. | 2022 — 2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi haqida gapirib bering? |
8. | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qanday maqsadlarni ifodalaydi? |
9. | Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshrilgan ishlar haqida gapirib bering? |
10. | “Yangi O‘zbekiston” atamasi nimani ifodalaydi? |
11. | Sizning o‘zingiz Yangi O‘zbekiston uchun nimalar qilmoqchisiz? |
12. | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan qaysi o‘zgarishlarni Siz ma’qullaysiz va nima uchun? |
13. | Ijtimoiy demokratik davlat tushunchasini tushuntirib bering. |
14. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-112 sonli qarorini mazmun mohiyatini gapirib bering? |
15. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-6000-son Farmonining mazmun mohiyatini gapirib bering. |
2-ilova
- Belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashdan asosiy maqsad
1. | Nima uchun bakalavriatning shu yo‘nalishini tanlaganingizni asoslab bering. |
2. | Siz tanlagan kasb insonga qanday mas’uliyat yuklaydi? |
3. | Siz tanlagan kasb qanday ma’naviy-ahloqiy xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim? |
4. | Siz tanlagan kasb jamiyatga kerakmi, nima uchun? |
5. | Yaxshi kasb egasi bo‘la olish uchun qaysi sohalarda ham puxta bilimlar zarur deb hisoblaysiz? |
6. | Hozirga qadar qaysi fanlarni katta qiziqish bilan o‘rgandingiz? |
7. | Fanlar bo‘yicha olimpiada va musobaqalarda qatnashganmisiz, bu zarurmi? |
8. | Qaysi sohalar va fanlarga ko‘proq qiziqasiz? |
9. | Shaxsiy qaror qabul qilinishida mas’uliyat, bilim, tajriba, maslahatlashish va murosa yo‘lini tanlashning qaysi biri eng muhim? |
10. | Mustaqil qaror qabul qilishni har doim ma’qul deb hisoblaysizmi? |
11. | Insonga san’at zarurmi, nima uchun? |
12. | Inson malakali kasb egasi bo‘lishi uchun nima qilishi kerak? |
13. | Kasbiy faoliyatingizda qanday yutuqlarga va kimlar tufayli erishgansiz? |
14. | San’at va madaniyat sohasida qanday yutuqlarga erishgansiz? |
15. | Kelgusida qanday yutuqlarga erishishni rejalashtirmoqdasiz? |
3-ilova
- Belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasida bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi
Xalq ijodiyoti: ashula va raqs ta’lim yo’nalishi bo‘yicha
Yakkaxon qo‘shiqchilik fani bо‘yicha
№ | Talabning mazmuni | Maksimal ball |
1. | Abituriyent tashqi ko‘rinishi, odobi va muomala madaniyati | 1 |
2. | Ijro dasturining barcha talablar asosida tanlanganligi | 1 |
3. | Ijro mahoratida | 10 |
4. | Abituriyentning cholg‘uni his etishi | 4 |
5. | Ijro jarayonida jo‘rnavoz bilan birgalikda uyg‘unligi | 1 |
6. | Ijro etilgan asarlar muallilari gaqida ma’lumot berish | 1 |
7. | Musiqiy eshitish va ritmni his qilish qobiliyatiga egaligi | 4 |
8. | Ovozning tabiiyligi va shakllantirilganligining to‘g‘ri yo‘nalishda ekanligi (artikulatsiya, nafas olish, ovozni ishlatish texnikasiga hos harakatlanishi) | 1 |
9. | Ashula va raqs ansambllari haqida ma’lumotga egaligi | 1 |
10. | Yakkaxon qo‘shiqchilik san’ati namunalari, maktablari va namoyindalari haiqda ma’lumotga egaligi | 1 |
Jami: | 15 | |
Raqs fani bо‘yicha | ||
1. | O‘zbek raqs maktablari, bastakorlari va namoyandalari haqida ma’lumotga egaligi | 1 |
2. | Erkin mavzuda raqs ijro etishi va musiqani his qilishi | 1 |
3. | Ijro etiladigan raqs harakatlari ifodaliligi va musiqiy ritmni his qilishi | 1 |
4. | Ijro etilgan raqs liboslari va sahna madaniyati uchun | 1 |
5. | Ijro mahorati va o‘zbek raqs maktablarining harakatlaridan namunalar ijro etishi uchun | 1 |
Jami: | 5 | |
Umumiy | 25 |
Cholg‘u ijrochiligi (fortepiano (organ)) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
№ | Mezonlar | To‘liq javob uchun ball |
1. | Asar nota matnining to‘g‘riligi | 2,0 |
2. | Tovush sifati va uni boshqarish | 2,0 |
3. | Applikaturaning qo‘llanishi | 2,0 |
4. | Sahna madaniyati | 2,0 |
5. | Artikulyatsiya talablarining bajarilishi | 2,0 |
6. | Musiqiy ifoda vositalarining to‘g‘ri qo‘llanishi | 2,0 |
7. | Shtrix va dinamik belgilarning ishlatilishi | 2,0 |
8. | Intonatsiya sofligi | 2,0 |
9. | Asar xususiyatini ochib berilishi | 2,0 |
10. | Sur’atning to‘g‘ri tanlanishi | 1,0 |
11. | Asarga oid savollar | 1,0 |
12. | Сhet el мusiqa adabiyoti bo‘yicha savollar | 1,0 |
13. | O‘zbek musiqa adabiyoti bo‘yicha savollar | 1,0 |
14. | Asarning janr va shakl nuqtai nazaridan tahlili | 1,0 |
15. | Davriya shaklida I darajali turdosh tonallikka modulyatsiyani fortepianoda ijro etish. | 1,0 |
16. | Diatonik yoki xromatik sekventsiyalarni ijro etish. | 1,0 |
Jami | 25 ball |
Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
№ | Talablar | To‘liq javob uchun ball |
1. | Asar nota matnining to‘g‘riligi | 2 |
2. | Tovush sifati va uni boshqarish | 2 |
3. | Applikaturaning qo‘llanishi | 2 |
4. | Sahna madaniyati | 2 |
5. | Artikulyatsiya talablarining bajarilishi | 2 |
6. | Musiqiy ifoda vositalarining to‘g‘ri qo‘llanishi | 2 |
7. | Shtrix va dinamik belgilarning ishlatilishi | 2 |
8. | Intonatsiya sofligi | 2 |
9. | Asar xususiyatini ochib berilishi | 2 |
10. | Sur’atning to‘g‘ri tanlanishi | 2 |
11. | Сhet el мusiqa adabiyoti bo‘yicha savollar | 1 |
12. | O‘zbek musiqa adabiyoti bo‘yicha savollar | 1 |
13. | Asarning janr va shakl nuqtai nazaridan tahlili | 1 |
14. | Davriya shaklida I darajali turdosh tonallikka modulyatsiyani fortepianoda ijro etish. | 1 |
15. | Diatonik yoki xromatik sekventsiyalarni ijro etish. | 1 |
Jami | 25 ball |
TEXNIKUM BITIRUVCHILAR SUHBAT IMTIXON
Qabul kvotalari 2024-2025
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha
SUHBAT UCHUN SAVOLLARI
TEXNIKUM BITIRUVCHILARI UCHUN SAVOLLAR
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida 2024-2025-o‘quv yili uchun
IKKINCHI MUTAXASSISLIKKA QABUL
2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz (https://my.edu.uz/) orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Eslatib o’tamiz institutda ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) bo‘yicha quyidagi ta’lim yo’nalishlar mavjud:
Shifr | ta’lim yo‘nalishlari nomi | To‘lov-kontrakt asosida | ||
Jami | shu jumladan: | |||
o‘zbek | rus | |||
60211100 | Aktyorlik san’ati: musiqali teatr aktyorligi | 3 | 3 | |
60230100 | Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik | 3 | 3 |
Ta’lim shakli sirtqi.
▪Bunda nomzodlar platformada:
-oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
-diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
-hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Batafsil 👉 https://lex.uz/uz/docs/-5657199.
SUHBAT (IJODIY) JARAYONDA BAHOLASH MEZONLARI
Aktyorlik san’ati: musiqali teatr aktyorligi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha:
Monolog, qo‘shiq (ariya, an’anaviy, mumtoz ashula va qo‘shiq), masal, she’r, g‘azal, raqs, kuzatuvlar (hayvonot olamini kuzatishlar asosida), yakka etyud.
Bundan tashqari, abituriyent qiziqqan sohasi yoki janri bo‘yicha o‘zining tayyorlab kelgan mustaqil nomerini ham namoyish etish mumkin, masalan: plastika, pantomima, buyumlar jonlanishi, parodiya (taqlid san’ati), musiqa san’ati, estrada yoki sirk janrlari va v.x.k.
Vokal va sahna nutqi fani bo‘yicha:
Musiqiy xotirasi va savodxonligi mavjudligi, an’anaviy qo‘shiqchilik ijrosi usullariga egaligi, eshitish qobiliyati rivojlanganligi, musiqali dramalardan ariya ijrosini sifati, ovoz tembri va diapazoni kengligiga e’tibor qaratiladi.
Sahna nutqi fanida – badiiy so‘z ijrochiligi mahoratini (she’r, g‘azal, monolog va nasriy – hajviy asar) namoyish etishi, talaffuz tozaligi, ravon, burro, aniq nutq bo‘lishi, biron bir materialni jarangdor va sog‘lom ovoz bilan namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishi, nutqiy eshitish qobiliyati mavjudligi,nutqiy ifodaviylik va ta’sirchanlikka ega bo‘lishi, badiiy va she’riy asarlarda tasavvur mavjud bo‘lishiga qaratiladi.
Ijodiy imtihonlar aktyorlik mahorati, vokal va sahna nutqi fanlaridan yagona ijodiy imtihon oluvchi ijodiy imtihon komissiyasi tuziladi. Komissiya tomonidan aktyorlik mahorati, vokal va sahna nutqi fanlari talablari asosida abituriyentning qobiliyatlari tekshiriladi va baholanadi.
- 60211400– Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha:
60211400– Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik” ta’lim yo‘nalishiga ariza topshirgan barcha abituriyentlar belgilangan ro‘yxat asosida, yakka tarzda, tayyorlangan dasturni ansambl jo‘rligida yoddan kuylashadi.
Abituriyent asarlar nota matnini xatosiz, asarning sur’atini ko‘rsatilgan tezlikda, kuy shtrixlarini to‘g‘ri qo‘llagan holda, intonnatsiya sofligiga amal qilib, barcha artikulyatsiya talablarini bajarib, shuningdek, asarni badiiy mohiyati va milliy xususiyatlarini to‘liq ochib bergan holatda kuylab berishi zarur. Asarda musiqiy ifoda vositalarining qo‘llanishi, tovush kuchi va uni boshqarish, hamda uning sifati asosiy ahamiyatga ega.
Taxminiy ijro dasturi ro‘yxati
- O‘zbek xalq ashulalari yoki bastakorlar ijodiga mansub asarlardan biri. Masalan: “Naylayin”, “Munojot”, “Tanovar”, “Yor istab”, Mustaxzod”, “Topmadim”, “Koshki”, “Ko‘rsatmagay”, “Otmagay tong”, “Aylagach”, “Ey sabo” va boshqalar.
- Vohalarga mansub ashulalardan biri. Masalan: “Ko‘cha bog‘i 1-2”, “Girya 1-2”, Fig‘on 1-2”, “Adoiy va Asiriy”, “Miskin”, “Suvora”, “Savti suvora” va boshqalar.
- Shashmaqom yoki Farg‘ona – Toshkent yoki Xorazm maqom ashulalaridan biri. Masalan: Saraxbor yoki Talqin yoki Nasr, Savt yoki Mug‘ulcha, Dugoh Xusaynilar, Bayotlar, Chorgohlardan biri va h.k.
Kollokvium
Kollokvium savol-javoblari:
- a) ijro dasturiga oid savollar: (asarning shakl jihatidan tahlili, muallifi, yaratilgan davri va ijro yo‘nalishi, ijroning badiiy xususiyatlari va h.k.);
- b) o‘rta maxsus ta’limning umumiy kursi darajasida elementar musiqa nazariyasi, cholg‘ushunoslik, musiqa adabiyotidan bilimlarni;
- v) maqom usullari va namudlar haqidagi bilimlari qay darajadaligi savollar orqali sinaladi;
- g) notadan o‘qish ko‘nikmasi.
Shuningdek, kollokviumda abituriyentning musiqa san’ati va boshqa san’at turlaridan, o‘zbek va chet el musiqasida ma’lum va mashhur asarlar, zamonaviy an’analar haqidagi bilim darajasi qanday ekanligi bilib olinadi.
Imtihonlarning onlayn translyatsiyasi
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomani ikki xil shaklda yuklab olish mumkin
Xabaringiz bor, joriy yildan boshlab kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashadigan abituriyentlar uchun ham alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi (https://t.me/eduuz/23756). Unda kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan.
Ruxsatnomani quyidagi ikki xil shaklda:
➖har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan;
➖yoki abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamga yuborilgan SMS xabardagi havola orqali yuklab olish mumkin.
Shu o‘rinda abituriyentlardan ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.
Eslatma: imtihonlar respublika bo‘yicha belgilangan grafik asosida 19-iyulga qadar (shu kuni ham) 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.
KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
17 IYUL 2024 YIL
1.60211500_Cholg’u_ijrochiligi_Fortepiano_organ
16 IYUL 2024 YIL
1.60211500_Cholg’u_ijrochiligi_Fortepiano_organ
15 IYUL 2024 YIL
1.60211500_Cholg’u_ijrochiligi_Fortepiano_organ
13 IYUL 2024 YIL
1.60211500 – Chol‘gu ijrovchiligi xalq cholg‘ulari (chang)
2.60211500 – Chol‘gu ijrovchiligi xalq cholg‘ulari (nay-qo’shnay, bayan-akkordeon)
3.60211500 – Chol‘gu ijrovchiligi xalq cholg‘ulari g’ijjak, gijjak alt)
12 IYUL 2024 YIL
1.60211700-Xalq ijodiyoti: askiya san’ati
2.60211500-Cholg’u ijrochiligi: xalq cholg’ulari (dutor, dutor bas, dutor kontrabas, tanbur, dombira)
3.60211900-Xalq ijdodiyoti: folklor va entografiya
11 IYUL 2024 YIL
1.60211200-Rejissyorlik: musiqali teatr rejissyorligi
2.60211500-Cholg’u ijrochiligi: xalq cholg’ulari (zarbli cholg’ular)
3.60211100-Aktyorlik san’ati: musiqali teatr aktyorligi
10 IYUL 2024 YIL
1.60211100- Aktyorlik san’ati: drama teatri va kino aktyorligi
2.60211900-Xalq ijodiyoti: ashula va raqs
3.60211500-Cholg’u ijrochiligi: xalq cholg’ulari (rubob prima, qashqar va afgon rubobi)
9 IYUL 2024 YIL
1.60211100- Aktyorlik san’ati: drama teatri va kino aktyorligi
2.60211900-Xalq ijodiyoti: ashula va raqs
8 IYUL 2024 YIL
1.60211100- Aktyorlik san’ati: qo’g’irchoq teatri aktyorligi
2.60211900-Xalq ijodiyoti: ashula va raqs
3.60211100- Aktyorlik san’ati: drama teatri va kino aktyorligi
KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR DASTURI VA BAHOLASH MEZONI
1.60211100- Aktyorlik san’ati: drama teatri va kino aktyorligi
2.60211100- Aktyorlik san’ati: musiqali teatr aktyorligi
3.60211100- Aktyorlik san’ati: qo’g’irchoq teatri aktyorligi
4.60211900-Xalq ijodiyoti: ashula va raqs
5.60211900-Xalq ijdodiyoti: folklor va entografiya
6.60211500 – Chol‘gu ijrovchiligi xalq cholg‘ulari
7.60211500_Cholg’u_ijrochiligi_Fortepiano_organ
8.60211200-Rejissorlir: musiali teatr rejissyorligi
9.60211700-Xalq ijodiyoti: askiya san’ati
ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA !!!
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialida 2024/2025-o’quv yili qabuli uchun Call center tashkil etilgan.