KARYERA KUNI

#press_tur

KARYERA KUNI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-fevraldagi Yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida tahsil olayotgan talabalarni ishga joylashishiga ko‘maklashish, 2023-2024-o‘quv yili bititiruvchilarini ish joylariga taqsimlash uchun “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasiga talabalar bilan bevosita suhbat o‘tkazish orqali ularni tanlab olish hamda ish bilan ta’minlash uchun 80 dan ziyod tashkilotlar,  teatrlar, bolalar musiqa va san’at maktablari, shahar va tuman axborot kutubxona markazlari, madaniyat muassasalarining mas’ul xodimlari taklif etildi.

Filialda mazkur o’quv yili bitiruvchilari soni kunduzgi bo’limda 156 nafar, sirtqi bo’limda esa 63 nafar, jami 219 nafar bo’lib hozirda bitiruvchilarning bandligi 60 % tashkil etmoqda.

Bugungi tadbirni OAV orqali keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Farg‘ona viloyati teleradiokompanyasi ijodkorlari tomonidan press tur tashkil etildi.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan