Cholg‘u jrochiligi va musiqiy-nazariy fanlar kafedrasi

“Cholg`u ijochiligi va musiqiy nazariy fanlar” kafedrasi

“Cholg`u ijochiligi va musiqiy nazariy fanlar” kafedrasi 2023 yil 4 sentabrda tashkil etilgan bo‘lib, “Cholg`u ijochiligi va musiqiy nazariy fanlar” kafedrasi tarkibida  dotsentlar, katta o‘qituvchilar, o‘qituvchilar, asistentlar hamda ilmiy izlanuvchi xodimlar faoliyat olib bormoqdalar. Bugungi kunda kafedrada 28 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi.  Bulardan 1 nafar professor, 5 nafar dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi, 16 nafar o‘qituvchi, 3 nafar Ilmiy izlanuvchi (Phd) o`qituvchilardan iborat.

Kafedrada bakalavriat ta`lim yo`nalishlarida:

Professonal ta’lim (cholg‘u ijrochiligi),

Cholg`u ijrochiligi (Fortepiano (organ) ijrochiligi) ,

Cholg`u ijrochiligi (Torli cholg‘ular, skripka, alt ijrochiligi )”, yo‘nalishlarida talabalar tahsil olmoqda.

“Cholg`u ijochiligi va musiqiy nazariy fanlar” kafedrasi tomonidan “Ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot” faoliyatini tashkil etilishi va bajarilishi xolati bo‘yicha ayni damda  ilmiy salohiyatni oshirish, bu boradagi ishlar sifatini ham son, ham sifat jihatdan qamrovini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar, talabalar va mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy jarayonlaridagi faoliyatlariga ko‘mak berish maqsadida tizimli ishlar tashkil qilinib, salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Jumladan, shu kungacha kafedramiz professor-o‘qituvchilari tomonidan yuzga yaqin ilmiy maqolalar va 11 ta o‘quv qo‘llanma bitta elektron-darslik yaratilgan. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida ta’lim olayotgan bo‘lajak san’at ustalarining malakasini oshirishda mashhur san’atkorlar tomonidan o‘tilayotgan mahorat darslari alohida ahamiyatlidir. Shu boisdan ham o‘z kasbining mohirlari ta’lim dargohimizga jalb qilinib, ular ishtirokida mahorat darslari tashkillanmoqda va taniqli san’atkorlar talabalarimiz uchun san’at sirlarini o‘rgatib kelmoqdalar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Qo‘qon shahrimizda  O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali o‘qituvchi hamda talabalaridan tashkil topgan «Yangi O‘zbekistonning yoshlar ansambli» ijrosida «Maqom kechalari» nomli konsert dasturi tashkil etildi. Konsert dasturida buyuk adiblar Nizomiddin Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Amiriy, Mohlaroyim Nodira hamda Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy kabi betakror shoirlarning g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

“Cholg`u ijochiligi va musiqiy nazariy fanlar” kafedrasidan ko‘plab talabalar  viloyat, Respublika miqyosidagi ko‘rik tanlovlarda ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallab diplom va sertifikatlarni bilan taqdirlanishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Azizov Sarvarjon Salimjon o`g`li

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Cholg`u ijochiligi va musiqiy nazariy fanlar kafedrasi mudiri.

MEHNAT FAOLIYATI

2011-2017-yy Respublika ixtisoslashtirilgan san`at maktab internati fortepiano o`qituvchisi

2017-2021-yy O`zbekiston davlat konservatoriyasi “Umumiy fortepiano” kafedrasi o`qituvchisi

2021-2023-yy O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining Farg`ona mintaqaviy filiali “Xalq ijodiyoti” kafedrasi o`qituvchisi

2023-x.v.  O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining Farg`ona mintaqaviy filiali “Cholg`u ijrochiligi va musiqiy nazariy fanlar” kafedrasi mudiri

  • Kafedra mudiri lavozim vazifalari:
  • O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
  • Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;
  • Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;
  • Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
  • Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
  • Kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
  • Kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
  • Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida OTMsi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
  • OTMsining tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy- tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etish;
  • Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;
  • Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasini ta’minlash;
  • Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy- uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
  • Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yittt, o‘qitishni zamonaviy kompьyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
  • Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdot ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
  • Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertasiyasining mavzularini shakllantirish, byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
  • OTMsi (oliy ta’lim muassasasi) va mazkur kafedrada stajyor- tadqiqotchi-izlanuvchilari bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
  • Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
  • Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
  • Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan ta’minlanishiga homiylarni keng jalb etish;
  • OTMsining axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borilishini va yangilanishini doimiy nazorat qilish;
  • Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalardagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
  • Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
  • Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
  • Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
  • Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
  • Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
  • Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “Iste’dod” jamg‘armasi va davlat grantlari tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
  • Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish;
  • Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqdardan foydalanish;
  • Kafedra mudiri elchixonalar, chet el tashkilotlari hamda chet mamlakatlar vakillari ishtiroki bilan o‘tkaziladigan tadbirlarini yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda xalqaro aloqalar Kengashi qarori bilan yoki istisno tariqasida rektor farmoyishi asosida yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiradi.