Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita OTM lari tarkibiga kiradi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filial ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi 2018 yil fevralidan o’z faoliyatini boshlagan bo‘lib, bo‘limning asosiy vazifasi ta’lim jarayonini doimiy nazorat qilib borish, pedagog-xodimlarning me’yoriy hujjatlarining yuritilish holatini, tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda filialdagi kafedra va tegishli bo‘limlarning ish rejasini tahliliy o‘rganish va ularning mazmunidan kelib chiqqan holda takliflar berishdan iborat.

Ta’lim sifatini oshirish maqsadida filial rahbariyati tomonidan ilmiy-amaliy seminarlar va master-klasslar tashkil qilinmoqda.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida talabalar mustaqil ta’limni tashkil etishga oid sharoitlar mavjudligi o‘rganildi hamda tegishli takliflar tayyorlandi va filial direktoriga taqdim etildi.

Shu jumladan, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun e’lonlar doskasi tashkil etilgan,  bu e’lonlar doskasida professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun muhim bo‘lgan akademik yangiliklar joylashtirilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar va talabalar bu yangiliklardan xabardor bo’lib kelmoqdalar.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali o‘quv jarayonining DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalari va  ishchi fan dasturlari bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganildi va o‘rganish jarayonida mavjud kamchiliklar to’g’risida tushuncha berildi va ular bartaraf etildi.

Professor – o‘qituvchilarning ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflari o‘rganib chiqilmoqda.

Hujjatlar asosida ta’lim jarayonining tashkil qilinganligi, ularning o‘zaro mantiqiy mosligi, fan dasturlarida fanning maqsad va vazifalari aniq yoritilganligi, mashg‘ulotlarda qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalar, uslublarning mavzularga hamda talabalarning ehtiyojiga mosligi tahlil qilinib kelinmoqda.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi to‘g‘risidagi NIZOM

Xushnazarov Faxriddin Raximonich

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi” boshlig‘i

 

                      MEHNAT FAOLIYATI

  • 2011-2015 yillarda – Qo‘qon Davlat pedagogika instituti, talabasi
  • 2015-2017 yillarda – O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya istituti, magistranti
  • 07.10.2017 yillarda – Farg‘ona viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Qo‘qon shahar 1-bolalar-o‘smirlar sport maktabi, kurash bo‘yicha murabbiy-o‘qituvchisi
  • 18.10.2017 yillarda – Qo‘qon davlat pedagogika institurti qoshidagi 2-son akademik litseyga jismoniy tarbiya to‘garak raxbari
  • 10.12.2017 yillarda – Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Jismoniy madaniyat fakulteti Fakultetlararo  kafedrasi kabinet mudiri,
  • 02.09.2020 yillarda – Qo‘qon davlat pedagogika instituti byurtmalar portfelini shakillantrish bitiruvchilarini ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi inspektori
  • 20.11.2020 yilda – Qo‘qon davlat pedagogika instituti monitoring bo‘limi uslubchisi
  • 11.01.2021 yilda – Qo‘qon davlat pedagogika instituti Devonxona mudiri
  • 06.09.2021 yilda – O‘zDJTSUFF.   Jismoniy tarbiya va sport turlari fakulteti dekani
  • 16.06.2022 yilda O‘zDJTSUFF    Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat  bo‘limi boshlig‘i
  • 14.10.2022 yilda – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i
  • 2022 yildan hozirgi vaqtgacha – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi” boshlig‘i

        Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozim vazifalari:

  • Bo‘lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Inspeksiya boshlig‘i va OTM rektori buyruq va ko‘rsatmalari asosida tashkil etish;
  • Bo‘limning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqishi;
  • Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
  • Filialda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv- uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;
  • Filial talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;
  • Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
  • Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
  • Filialning ichki attestasiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni Filial direktoriga hamda Inspeksiyaga taqdim etish;
  • Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
  • Ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
  • Filialning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akdemik lisey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha OTM rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • Filial professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan faniga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni filial direktoriga ma’lum qilish;
  • Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
  • Filialda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
  • Inspeksiyaning topshirig‘iga binoan OTMlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestasiya va ta’lim
  • sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
  • Attestasiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda filialda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
  • Bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va OTM hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
  • Filial reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora- tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
  • Filialning tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlar va treninglar o‘tkazish;
  • O‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integrasion hamkorlik, innovasion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;
  • Filial Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;
  • Bo‘lim xodimlarining lavozim vazifalari bo‘yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish haqida Inspeksiyaga va Filial rahbariyatga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;
  • Ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida bo‘limga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

Qabul kunlari: har kuni soat 9:00-17:00 gacha

Telefon: +99873-543-50-12

Faks : +99873-543-46-30

Elekton pochta:

 

Loading