Xalqarolashtirish strategiyasi

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali xalqarolashtirish strategiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash tog‘risida” 2020-yil 29-oktyabrdagi PF-6097-sonli va “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash tog‘risida” 2022-yil 6-iyuldagi PF-165 sonli Farmoniga asoslanib ishlab chiqilgan. Xalqarolashtirish strategiyasining asosiy yonalishlari quyidagilardan iborat:

Hamkorlik – mavjud hamkorlik aloqalarini mustaxkamlash, Yevropa va Osiyo davlatlari oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish. Hamkorlik aloqalarni rivojlantirishda mavjud aloqalarni hamkor oliy taʼlim muassasalar bilan amaliy loyihalarni amalga oshirishga, akademik mobillik dasturlarini amalga oshirishga eʼtibor qaratiladi. Hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda mavjud hamkorlik aloqalarini mustaxkamlash bilan bir qatorda yangi hamkorlik aloqalarini ornatishga ham eʼtibor qaratiladi. Hamkorlik shartnomalarini tuzishda akdemik mobillik dasturlarini amalga oshirish, qoshma ishmiy izlanishlarni olib borish, ilmiy anjumanlar otkazish, qoshma ijodiy dasturlarni bajarish ishlarini kiritish maqsadga muvofiq risoblanadi.

Talabalar tajribasi – talabalarni grant loyihalariga jalb etish, xorijiy oliy taʼlim muassasalariga qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini taʼminlash, hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan tashkil etiladigan ijodiy loyihalarga jalb etish, talabalarning akademik mobillik dasturlariga jalb etish. Talabalar oqishi davomida turli jamoat tashkilotlarida faoliyat korsatishi, xalqaro loyihalarda ishtirok etishi filial bitiruvchilarini madaniy xilma-xil sharoitda ishlay olishi va yaxshi rivojlangan ijtimoiy ongga ega bolishini taʼminlaydi.

Ilmiy izlanish – filialning ilmiy izlanishlarda xalqaro miqyosida ilg‘orligini taʼminlash, xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib borishni rivojlantirish. Filialning mavjud hamkorlik kelishuvlarida tajriba almashish hamda hamkorlikda ilmiy va ijodiy izlanishlar olib borish nazarda tutilganligi. Bundan keyin ham qoshma ilmiy izlanish, ilmiy izlanish grantlari uchun muvaffaqiyatli ariza topshirish, qoshma taʼlim dasturlarini yolga qoyishga olib keluvchi tashabbuslar qollab-quvvatlanadi. Mavjud hamkorlik kelishuvlarida korsatilgan qoshma ilmiy izlanishlarni faollashtirish va yangi tuziladigan kelishuvlarda hamkorlikdagi ilmiy faoliyatga urg‘u berish maqsad qilib olinadi.