#Alisher_Navoiy_583

#Alisher_Navoiy_583

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Ijtimoiy fanlar, kutubxonashunoslik va sport» kafedrasi tashabbusi bilan g’azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan «Navoiy siymosi» mavzusuda davra suhbati bo’lib o’tdi.

Tadbirda filial direktori professor Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich, Qo’qon davlat pedagogika instituti «O’zbek tili va adabiyoti» kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Zebo Qobilova, «Ijtimoiy fanlar, kutubxonashunoslik va sport» kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ikromjon Habibjonov hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida Alisher Navoiyning betakror asarlari, hayoti va ijodi, mumtoz maqom san’ati rivojiga qo’shgan hissasi to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

✍️  O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan