#Alisher_Navoiy_583
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida «Xalq ijodiyoti» kafedrasi tashabbusi bilan buyuk mutafakkir, g’azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan “Navoiyni yod etib” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda filial talabalari ijrosida Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qildi.
Anjuman davomida professor-o‘qituvchilar va talabalardan tashkil topgan «Yangi O’zbekiston yoshlari» ansambli tomonidan adibning bebaho asarlariga bastalangan dilrabo kuy-qo’shiqlar ijro etildi.