Navoiyni anglash-o’zlikni anglash demakdir
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida «Teatr san’ati» kafedrasi tomonidan g‘azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavallud kuniga bag‘ishlangan “Navoiyni anglash-o’zlikni anglash demakdir” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda talabalar tomonidan Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlar, dilrabo kuy-qo‘shiqlar, go‘zal raqslar hamda adibning qalamiga mansub g’azal va ruboiylar ijro etildi.
Tadbirda filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich boshchiligida professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Rejissor: Filial tyutori D.Sottiyev