#Alisher_Navoiy_583

#Alisher_Navoiy_583

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Sahna nutqi va san’atshunoslik» kafedrasi tomonidan g’azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan «Navoiyga ehtirom» nomli badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich, O’zbekiston xalq artisti Shafoatxon Rahmatullayeva hamda «Sahna nutqi va san’atshunoslik» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Kechada talabalar tomonidan Alisher Navoiyning qalamiga mansub g’azallar, ruboiylar, dilrabo kuy-qo’shiqlar, jozibador raqslar hamda adib siymosini tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

✍️  O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan