Xodimlar bo‘limi

       O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialining Xodimlar bo‘limi faoliyatida quyidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda:

  • Rahbariyatning topshirig‘i bo‘yicha o‘qituvchi-xodimlarni tayinlash, boshqa lavozimga o‘tkazish va mehnat shartnomalarni bekor qilish masalalari bo‘yicha hujjatlar loyihasini tayyorlash;
  • Rahbar lavozimlarga tayinlash uchun kadrlar zahirasini shakllantirish va tayyorlash;
  • Mutaxassislarning malakasini oshirish jadvalini tuzish;
  • Yuqori tashkilotlar, vazirlik va idoralardan kelib tushgan hujjatlarni o‘z vaqtida bajarishni;
  • Mehnat intizomiga rioya qilinishi nazoratini olib borishni;
  • Ish yuritishni me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq tashkil etish,  elektron hujjatlar almashuvini joriy etish;

Yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun bo‘lim quyidagilarni amalga oshiradi:

  • O‘qituvchi-xodimlarni lavozimga tayinlashda (boshqa lavozimga o‘tkazishda, lavozimidan ozod etishda) o‘rnatilgan tartibda hujjatlarni rasmiylashtiradi, mehnat shartnomalari va boshqa hujjatlarni tayyorlaydi;
  • Kadrlar tarkibini yaxshilash, kadrlar zahirasini tuzish uchun ularning ma’lumoti, yoshi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi;
  • O‘qituvchi-xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
  • Filial o‘qituvchi- xodimlari hisobini olib boradi;
  • Mehnat daftarchalariga yozuvlar kiritadi, mehnat daftarchalarining saqlanishini ta’minlaydi, o‘qituvchi-xodimlarning mehnat faoliyati to‘g‘risida ma’lumot tayyorlaydi;
  • Attestatsiyani o‘tkazish ishlarini tashkil etadi, buning uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi, attestatsiya komissiya qarorlari bajarilishi nazoratini amalga oshiradi;
  • Pensiya yoshiga yetgan xodimlarga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi va rasmiylashtiradi;
  • Bo‘lim vakolati doirasida kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha hisobotlarni har chorakda  Vazirlar Mahkamasiga, shuningdek, boshqa statistik ma’lumotlarni tegishli idoralarga taqdim etadi;
  • Rahbariyatga ish yuritishni takomillashtirish, o‘qituvchi-xodimlarni rag‘batlantirish va ularga nisbatan jazo choralari ko‘rish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
  • Filialda kadrlar xizmati va ish yuritish bo‘yicha xodimlarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi.

Talipova  Djamilaxon   Maksudalievna

Xodimlar bolimi boshligi

MEHNAT FAOLIYATI:

1986-1999 yillarda –  Qo‘qon  temir  yullariga  qarashli  ORS NOD-2  xisobchi

1999-2012 yillarda – Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar  Xarbiy savdo tashkiloti Do‘konlar mudirasi

2012-2016 yillarda – Qo‘qon shaxar  Halq  banki  hisobchi .

2016-2019 yillarda – Qo‘qon shahar “ To‘g‘onboshi ” MFY da  Xotin- qizlar  mutaxassisi.

2019-2021 yillarda – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali devonxona  mudiri.

2021-2023 yillarda – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali  Xodimlar bo‘limi inspektori

2023-yildan – xozirgi vaqtgacha O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Xodimlar bo‘limi boshlig‘i

Xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i vazifalari:

  • Professor-o‘qituvchi, o‘quv-yordamchi va ma’muriy-xo‘jalik xodimlarni mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish va ishdan ozod qilish, ularni rag‘batlantirish va mukofotlash bo‘yicha hujjatlar va buyruqlarni rasmiylashtirish;
  • mehnatga layoqatsizlik  varaqalarini rasmiylashtirish va ro‘yxatga olish;
  • institut shaxsiy tarkibining hisobini olib borish;
  • mehnat daftarchalarini saqlash, to‘ldirish, kadrlar bo‘yicha belgilangan hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • ta’tilga chiqish grafiklarini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish;
  • xodimlarga nafaka belgilash bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash;
  • xizmat safarlarini rasmiylashtirish va xizmat safarlari bo‘yicha buyruqlarni tayyorlash;
  • institut xodimlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shaklantirish va doimiy yangilab borish;
  • har oyda tuman aholisini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘limiga bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlarni topshirish
  • Professor-o‘qituvchi va xodimlarning ko‘nimsizligini tahlil qilish, xodimlar sifat tarkibini yaxshilash va ularni o‘rnashib qolish borasida olib boriladigan ishlar, foydalanish uchun ma’lumotlar, shuningdek, faoliyatga oid boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rganish;
  • institut xodimlarining shaxsiy yig‘ma jildlarni belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida rasmiylashtirish va yurgizish;
  • xodimlarga mehnat faoliyati haqida ma’lumotnomalarni tayyorlash va taqdim etish;
  • shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar, ma’lumotnomalarni taqdim etish va ularni ro‘yxatga olish;
  • institutda ishlayotgan pensionerlar haqida to‘liq ma’lumotlar bazasini yaratish va monitoringini olib borish;
  • Tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga (VTEK) nogironlik pensiyasiga chiquvchi xodim haqida ma’lumot tayyorlash va yetkazish;
  • Filialda ishlovchi professor-o‘qituvchilar va va boshqa xodimlarning shaxsiy varaqalari va hujjatlari bo‘yicha T-2 shaklini yuritish;
  • xodimlarni ishga qabul qilish, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish jarayonida tegishli hujjatlar mavjudligini ta’minlash;
  • statistik hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish.

Qabul kunlari: har kuni soat 9:00-17:00 gacha

Telefon: +99873-543-50-12

Faks : +99873-543-46-30

Elekton pochta: