Yoshlarni ijodiy salohiyatini yanada kengaytirish, musiqa san’ati sohasidagi ijodkorlarni aniqlash, iste’dodlarni topish hamda ijodiga ijobiy ta’sir etish, shuningdek, bitiruvchi o‘quvchilarni kelgusida o‘z tanlagan kasblari bo’yicha oliy ta’lim muassasalariga jalb etish maqsadida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Teatr san’ati va xalq ijodiyoti» fakulteti dekani Azizbek Talaboyev boshchiligida professor-o’qituvchilar va talabalar Andijon hamda Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktabi bitiruvchilari bilan uchrashdilar.
Ijodiy uchrashuvlar davomida san’at maktabi o‘quvchilariga filial faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’limga kirish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi hamda «Xalq ijodiyoti» kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari tomonidan mumtoz dilrabo kuy-qo’shiqlar ijro etildi.