MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO‘LIMI

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limining vazifalari:

– Ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirib, ta’lim xizmatlariga qo‘yilgan, ya’ni bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning kasbiy mahoratini (malakaviy sifatlarini) o‘rganish hamda ularning ish beruvchilar (iste’molchilar) talablariga muvofiqligini aniqlash.

– Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha raqobatli ta’lim xizmatlarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xizmatlar bozori kon’yukturasining o‘zgarishini tahlil qilish hamda yangicha rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash.

– Bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim xizmatlari bozori va kon’yukturasiga ta’sir ko‘rsatuvchi turli xil omillar (segmentlar) o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tahlil qilish asosida bitiruvchilarni oldindan ishga taqsimlash tizimini tashkil qilish va amalga oshirish.

– Bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o‘z ichiga olgan holda ishga taqsimlash ob’ektlari–ta’lim xizmatlari iste’molchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo‘lgan tashkilotlar – davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va h.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potensial imkoniyatlarini tashhis qilish orqali to‘liq ma’lumotlar bankini yaratish.

– Joriy yil bitiruvchilari haqida (ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida davlat granti va to‘lov-shartnoma asosida kunduzgi va maxsus sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha familiyasi, ismi-sharifi ko‘rsatilgan holda) ma’lumotlar bankini yaratish.

– Respublika va tegishli hududlar (viloyatlar) iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta’lim yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarini ochish, shuningdek, ta’lim xizmatlari bozori talablariga javob bermaydiganlarini to‘xtatish bo‘yicha takliflar tayyorlash, yetarlicha ish beruvchiga ega bo‘lmagan bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxatini aniqlash.

– Talabalar qabuli ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta’lim (tayyorlov) yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarga bo‘lgan talablari (buyurtmalari)ni hisobga olgan holda davlat grantlari va to‘lov-kontrakti bo‘yicha joriy va istiqbolli «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining  2021-yil 12-may kungi №OE48062325-sonli xatiga muvofiq va 2022-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritilganligi sababli quyidagi bo‘limlar nomi 2022-yil  1-aprel kunidan boshlab o‘zgartirilsin. xatga muvofiq «Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi» Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limiga o’zgartirildi.

Hozirgi kunda Ozbekiston davlat sanat va madaniyat institutining Fargona mintaqaviy filiali  Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limiga boshligi vazifasida Sheraliyeva Muazzamxon Abdumalikovna faolyat korsatmoqda.

MEHNAT FAOLIYATI.

2002-2019 yillarda. – Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Dang‘ara sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

2019 -2021 yillarda – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining  Farg‘ona  mintaqaviy  filiali Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi iqtisodchisi

2021 yildan hozirgi vaqtgacha-     O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i 

  Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i lavozim vazifalari:

  • Korxona, muassasa, tashkilotlar, jismoniy shahslar bilan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kontraklarni rasmiylashtirish.
  • To‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar bilan o‘qish bo‘yicha harajatlar farqi hisob-kitobini olib borish (tegishli me’yoriy hujjatlar asosida).
  • To‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar bilan o‘qish bo‘yicha harajatlarni o‘z vaqtida to‘latish ishlarini amalga oshirish (dekanlar bilan hamkorlikda).
  • Xalqaro marketing bo‘yicha ishlarni olib borish hamda mahalliy va xorijiy jamg‘armalar, dasturlardan foydalanish, loyihalar tayyorlashda ishtirok etish.
  • To‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar soni bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash (ishchi reja asosida, kadrlar bo‘limi bilan birgalikda).

Qabul kunlari: har kuni soat 9:00-17:00 gacha

Telefon: +99873-543-50-12

Faks : +99873-543-46-30

Elekton pochta: