Fuqaro va mehnat muhofazasi bo’limi

Dexqonov Ilxomjon Toxirovich

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Fuqaro va mehnat muhofazasi muhandisi.

MEHNAT FAOLIYATI.

   2004-2020 yillarda– Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumani Transport kollejida o‘qituvchi.

2021- yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Fuqaro va mehnat muhofazasi muhandisi .

                          Fuqaro va mehnat muhofazasi muhandisi vazifalari

  • Filial direktori va bo‘lim boshlig‘ining ko‘rsatma va qarorlarini bajarilishini tashkil etish va ijrosini ta’minlash;
  • Filial binolarini ta’mirlashda xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishini ta’minlash;
  • Filialda zararli mehnat sharoitlarida ishlayotgan xodimlarni ish sharoitlarini o‘rganish, davlat boshqaruvi idoralari belgilagan me’yorlarda maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari, yuvish va dezinfeksiyalash vositalari bilan bepul ta’minlanishi bo‘yicha bo‘lim boshlig‘iga takliflar kiritish;
  • Baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun zarur tadbirlar ishlab chiqish;
  • Filialga yangi ishga kirgan xodimni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishtirish, kirish № 1 jurnaliga qayd etish;
  • Filialda har yili 4 marta (chorakda) mehnat muhofazasi holatini, ish joyida yuritiladigan maxsus jurnallarni yuritilishini ta’minlash;
  • Filial talabalarini amaliyot ishlariga jalb qilinganda ularni yo‘riqnomalar bilan tanishtirish, maxsus jurnalga qayd etish;
  • Filial talabalar va xodimlarini paxta yig‘im-terimi mavsumida yo‘riqnomalar bilan tanishtirish, maxsus jurnalga qayd etish;
  • Filial talabalar turar joylari binolarida yashayotgan talabalarni yashash sharoitlarini o‘rganib chiqish, ularga mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi talablari asosida xavfsiz sharoitlar yaratishni tashkil etish;
  • Ish jarayonida baxtsiz hodisalar yuz bergan holatda tekshiruvda qatnashish va jarohatlanishni oldini olish;
  • Ishchilar uchun maxsus kiyim, poyabzal va shaxsiy himoya vositalarini ehtiyojini aniqlash va bo‘lim boshlig‘i orqali ta’minot bo‘limiga buyurtmalar berish;
  • Filial Kasaba uyushma qo‘mitasi bilan birgalikda mehnat muhofazasi bo‘yicha qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida jamoat nazoratini tashkil etish.
  • Bo‘lim boshlig‘ining qonuniy topshiriqlarini bajarish;
  • Axborot kommunikasiya texnologiyalarni puxta bilish;
  • Filial ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.

Qabul kunlari: har kuni soat 9:00-17:00 gacha

Telefon: +99873-543-50-12

Faks : +99873-543-46-30

Elekton pochta: