Yoshlar ittifoqi kengashi
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Yoshlar Ittifoqi tomonidan filialdagi barcha yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari hamda filialdagi tadbirlarda talabalarni jalb qilish uchun barcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilgan. Iqtidorli talabalari o‘rtasida «Zakovat» intelektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Filialning Yoshlar ittifoqi yetakchisi Maxsudov Baxodirjon tomonidan tashkil etilgan bellashuvda bahs va munozaralarga boy bo‘lgan mantiqiy va qiziqarli savollar tuzilgan bo‘lib, ularga har bir jamoa a’zolari to‘g‘ri javoblar topishdi.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali ijodkor talabalari Qo‘qon shahrida joylashgan “ Muruvvat “ nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan erkaklar internat uyiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida bemorlar holidan xabar olindi va ularning ko‘nglini ko‘tarish maqsadida ko‘ngilochar tadbir tashkil etildi. Tadbirda talabalarimiz tomonidan dilrabo kuy-qo‘shiqlar, jozibali raqslar hamda qiziqarli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida madhiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ommaviy tarzda ijro qilindi. Shundan so‘ng, filial direktori, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Ximmatov Davlat Axatqulovich so‘zga chiqdi va ushbu muhim sana yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan Vatanni madh etuvchi she’rlar, dilrabo kuy-qo‘shiqlar va jozibali raqslar ijro etildi.
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi
Maxsudov Baxodir Erkinjon o‘g‘li
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali boshlang‘ich tashkilotidagi guruh yetakchilari
Rustamov Shomashrab Rustamaliyevich «Vokal san’ati» yo‘nalishi
Nabiyev Usmonjon Abduraxmon o’g’li, «Vokal san’ati» yo‘nalishi
SHokirov Tohirjon Sodiqjon o’g’li «Vokal san’ati» yo‘nalishi
Abdullayeva Azizaxon Ilxomiddin qizi «Vokal san’ati» yo‘nalishi
Hasanova Mohlaroy Sanjarbek qizi «Vokal san’ati» yo‘nalishi
Erkinov Alisher Shuhratjon o’g’li «Vokal san’ati» yo‘nalishi
Mirzaolimov Boyirjon Odiljon o’g’li «Vokal san’ati» yo‘nalishi