“Xalqaro aloqalar” bо‘limi filialning xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yо‘lga qо‘yish, eng sо‘nggi о‘quv va ilmiy tajribalarni о‘rganish va ularni ta’limga tadbiq etish, talaba va professor-о‘qituvchilarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba almashishi kabi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bо‘limdir. Bu esa pirovardida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, bо‘lim xalqaro aloqalarni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda о‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan. Ushbu bо‘lim san’at va madaniyat sohasida xorijiy mamlakatlar bilan о‘zaro tajriba almashishga va filial talabalarining nufuzli xalqaro kо‘rik-tanlovlarida ishtirok etishiga zamin yaratishga yо‘naltirilgan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i vazifasida Abdullayeva Malohat Tojiahmedovna faolyat ko‘rsatmoqda
MEHNAT FAOLIYATI
2004-2008 yillarda – Qo‘qon Davlat pedagogika instituti talabasi
2008-2009 yillarda – Qo‘qon shahar 27-maktabda o‘qituvchi
2009-2010 yillarda – Dang‘ara tumani 18-maktabda o‘qituvchi
2011-2019 yillarda – Qo‘qon shahar Avtotarsport KHK da o‘qituvchi
2019-2020 yillarda – Qo‘qon shahar Neft va gaz sanoati KHKda o‘qituvchi
2020-2021 yillarda – Qo‘qon shahar 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ingliz tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi
2021 yildan hozirgi vaqtgacha – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i
Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘ining lavozim vazifalari
- Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida rivojlangan xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari, o‘quv-ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni o‘rnatish, iqtidorli talabalar va yosh mutaxassislarning rivojlangan mamlakatlarning o‘quv muassasalarida ta’lim olishini, malaka oshirishini tashkil etish;
- Qo‘shma markazlar, tayyorlov kurslarini tashkil etish borasida o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan xorijiy mamlakatlar elchixonalari, konsullar, xalqaro jamg‘arma va boshqa turdagi rasmiy xalqaro tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatish, ularning vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish hamda ularning institutga homiylik va vasiylik qilishlarini tashkil etish;
- Filial professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalarni xalqaro (rasmiy) jamg‘arma va tashkilotlar grantlari uchun bo‘ladigan tanlovlarga jalb etish hamda ularning g‘olib bo‘lishlari uchun uslubiy ko‘mak berish;
- Chet el fuqarolarini institut bakalavr, magistratura va aspirantura yo‘nalishlarga jalb etish bo‘yicha tadqiqot ishlarini yuritish. Internet tizimidagi institut Veb-sahifalarida xorijiy aloqalar borasidagi va mavjud sharoitlar xususidagi tegishli ma’lumotlarning berib borilishini tashkil etish;
- Filial professor-o‘qituvchilari, yosh mutaxassislari va iqtidorli talabalarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarga qisqa va uzoq muddatli ishga, o‘qishga, malaka oshirishga, tajriba almashish va ilmiy anjumanlarda ishtirok etish maqsadlarida borishlarini tashkil etish va tegishli yordam ko‘rsatish;
- Respublikamiz hududida rasmiy faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro ta’lim tashkilotlari va jamg‘armalar orqali institut Axborot- resurs markazi fondini mutaxassisliklar bo‘yicha chet elda chop etilgan noyob va yangi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanishiga yordam berish;
- Yosh, iqtidorli mutaxassislarning ilg‘or xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida ularning maxsus kurslarda yoki til o‘rgatish markazlarida bepul o‘qishlarini tashkil etish;
- Filialda ta’lim olayotgan xorijiy talabalarning o‘qish, ta’lim-tarbiya va Respublikaga kirish va chiqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli masalalarni hal etish;
- Filial profesor-o‘qituvchilarining Respublikadan tashqariga chiqishi, xorijidan mehmonlarning institutga kelishlari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tegishli masalalarni hal etish;
- Filial profesor-o‘qituvchilarini xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan tanlovlar va shu kabi e’lonlar bilan muntazam ravishda xabardor etib turish;
- Bo‘lim tasarrufidagi masalalarni hal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tarjima ishlarini bajarish, konsalting xizmatlarini tashkil etish.
- Ilg‘or xorijiy davlatlarning o‘quv yurtlari, o‘quv-ilmiy muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalarni tuzish va bu shartnomalarda qayd etilgan bandlar ijrosini nazorat qilish;
- Bo‘limning tashkiliy rahbarligi O‘DJTI rektori tomonidan tayinlangan bo‘lim rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
- Bo‘lim tomonidan xalqaro jamg‘arma va xalqaro tashkilotlar, chet el elchixonalari va konsulliklari bilan olib boriladigan yozishmalari O‘DJTI rektori bilan kelishilgan holda, vazirlikning Tashqi aloqalar bo‘limsi, hamda Respublika Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.
Qabul kunlari: har kuni soat 9:00-17:00 gacha
Telefon: +99873-543-50-12
Faks : +99873-543-46-30
Elekton pochta: