O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Sirtqi bo‘lim boshlig‘i
MEHNAT FAOLIYATI
2004-2010 yillarada. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi (2009 yildan o‘rindoshlik asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ikkinchi ta’lim bo‘limi uslubchisi)
2010-2012 yillarda. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ikkinchi ta’lim bo‘limi kotibi
2012-2015 yillarda. – Qo‘qon davlat pedagogika instituti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi o‘qituvchisi
2015-2018 yillarda. – Qo‘qon davlat pedagogika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
2018-2018 yillarda. – Qo‘qon davlat pedagogika instituti xalqaro alaqalar bo‘limi uslubchisi
2018-2021 yillarda. – Qo‘qon davlat pedagogika instituti matuot kotibi
2021 yildan hozirgi vaqtgacha – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Sirtqi bo‘lim boshlig‘i
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Sirtqi bo‘limi boshlig‘ining lavozim vazifalari
- Sirtqi bo‘limning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Sirtqi ta’lim jarayonini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etilishini ta’minlash;
- Sirtqi ta’lim shaklida iste’molchilar talablariga javob beradigan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish va xalqaro ta’lim standartlariga mos keladigan ta’lim sifatini ta’minlash;
- Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etadigan me’yoriy-uslubiy ta’minotini takomillashtirish;
- Sirtqi bo‘limni oliy ta’lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan hamkorlik aloqalarini olib borish va rivojlantirish;
- Fan, ta’lim va bozor munosabatlari talablarini o‘rgangan holda sirtqi ta’lim shaklida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish va o‘qitishning ilg‘or texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish hamda ta’lim jarayoniga ilg‘or ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
- Sirtqi bo‘limida o‘quv jarayonini tashkil etish
- Sirtqi bo‘limda o‘quv jarayoni ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim yo‘nalishlari malaka talablari asosida tayyorlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kunduzgi ta’lim uchun tasdiqlangan o‘quv rejasi va fan dasturlari asosida tashkil etiladi.
- Sirtqi bo‘limda ta’lim yo‘nalishlarining ishchi o‘quv rejalari va fan dasturlari belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv rejasi va fan dasturlari asosida ishlab chiqiladi hamda oliy ta’lim muassasasi rektori (prorector) tomonidan tasdiqlanadi.
- Sirtqi bo‘limda o‘quv jarayoni jadvali belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv rejasi asosida ishlab chiqilgan ishchi o‘quv rejasida qayd etiladi.
- Sirtqi bo‘lim talabasi uchun o‘qishga qabul qilingan o‘quv yili boshida (odatda, sentabr-oktabr oylarida) bevosita oliy ta’lim muassasasida 10 kunlik o‘quv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv hamda semestr davomida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha qisqacha (ishchi o‘quv rejasida belgilangan hajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Talabalarga ma’ruzalar bo‘yicha topshiriqlar va ularni bajarish yuzasidan metodik ko‘rsatmalar beriladi.
- O‘quv sessiyasigacha bo‘lgan muddatda sirtqi bo‘limda o‘qish mustaqil, jumladan, masofadan turib internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. Bunda talaba uslubiy ko‘rsatmalardan foydalangan holda ishchi o‘quv rejada semestr uchun rejalashtirilgan fanlarning dasturlarida berilgan ma’ruzalarni mustaqil o‘zlashtiradi.
- Talaba fan bo‘yicha topshiriqlarni bajargandan so‘ng uni fan o‘qituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib internet tarmog‘i orqali) yuboradi hamda qayddan o‘tkazadi. Fan o‘qituvchisi talaba yuborgan materiallarni tekshirib, oraliq ishi sifatida baholaydi. Fan o‘qituvchisi mavzular bo‘yicha navbatdagi topshiriq va ko‘rsatmalarni yuborishi, shuningdek, onlayn rejimida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishi mumkin.
- Sirtqi bo‘lim talabasi har bir semestr davomida bir marta oliy ta’lim muassasasiga o‘quv sessiyasiga chaqiriladi. Buning uchun unga o‘quv sessiyasi boshlanishiga qadar (kamida 10 kun oldin) belgilangan shaklda habarnoma (chaqiruv ma’lumotnoma) yuboriladi.
- O‘quv sessiyasi davomida:
- talaba semestr uchun berilgan topshiriqlarni himoya qiladi. Fan bo‘yicha barcha topshiriqlar ijobiy baholangan taqdirda talabaga fan bo‘yicha yakuniy baholashga kirish huquqi beriladi;
- fanlar bo‘yicha yakuniy baholashlar o‘tkaziladi;
- navbatdagi semestr davomida o‘qitiladigan fanlar bilan qisqacha (ishchi o‘quv rejasida belgilangan hajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlar orqali tanishtiriladi. Ushbu mashg‘ulotlar talabaga navbatdagi semestr davomida fanlarni o‘zlashtirishi va topshiriqlarni bajarish uchun asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash usullari va texnologiyalarini o‘rgatishga qaratiladi. Mavzular bo‘yicha topshiriqlar bilan ularni bajarish yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar beriladi.
- O‘quv sessiyasi davomida o‘tkazilgan ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida ilg‘or usul va texnologiyalardan (jumladan, muam-moli interaktiv, ijodiy faoliyatni rivojlantirish, ijodiy vazifalarni guruh bo‘lib hal etish, hamkorlik pedagogikasi, tabaqalashtirish, individuallashtirish va boshqalardan) foydalaniladi.
- Sirtqi bo‘limida talaba tasdiqlangan ishchi o‘quv rejasidagi barcha o‘quv fanlarni o‘zlashtirishi shart. Talabalar bilimini baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Sirtqi bo‘limida oraliq va yakuniy baholash turlari joriy qilinadi. Oraliq baholashning mazmuni, uni bajarish usul va tartiblari hamda soni (bir o‘quv semestri davomida ikki martagacha) har bir fan bo‘yicha sirtqi ta’lim uchun tayyorlangan ishchi fan dasturlarida belgilab beriladi va quyidagi mustaqil ish turlaridan iborat bo‘ladi:
- kurs (loyihasi) ishi;
- nazorat savollari va topshiriqlari;
- test sinovi savollari;
- keyslar, mashqlar, misol va masalalar;
- tajriba natijalari;
- ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan maxsus uslubiy ishlanmalar va tavsiyalar;
- hisob-jadval ishlari va boshqalar.
- Oraliq baholash masofaviy aloqa orqali on-layn rejimida o‘tkazilishi ham mumkin.
- Sirtqi bo‘lim talabalarining malakaviy amaliyotlari ishchi o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Odatda, bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotidan va boshqa amaliyotlar (ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan holda) talabaning ishlab turgan ish joyida mustaqil ravishda o‘tkaziladi.
- Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti talabaning ish joyi ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lmagan holda, shuningdek, ishlamayotgan talabalar uchun barcha malakaviy amaliyotlar oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan obyektda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Malakaviy amaliyotlarning hisobotlari o‘quv sessiyasi davrida belgilangan tartibda himoya qilinadi.
- Muayyan kursdagi fanlarni to‘liq o‘zlashtirgan talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan keyingi kursga o‘tkaziladi.
- Uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, xizmat safari, og‘ir oilaviy ahvol va boshqalar) tufayli muayyan kursdagi fanlarni belgilangan muddatlarda o‘zlashtira olmagan talabalarga muddati qo‘yilgan shaxsiy jadval beriladi. Shaxsiy jadval tegishli direktor o‘rinbosari (bo‘lim boshlig‘i) tomonidan tasdiqlanadi va undagi muddat navbatdagi o‘quv yiliga o‘tmasligi lozim.
- Shaxsiy jadvalni belgilangan muddatda bajara olmagan talaba qayta o‘qish uchun kursda qoldiriladi.
Qabul kunlari: har kuni soat 9:00-17:00 gacha
Telefon: +99873-543-50-12
Faks : +99873-543-46-30
Elekton pochta: