RAQAMLI TA’LIM TEXNOGIYALARI MARKAZI

O‘zbekiston  davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialining Axborot texnologiyalari markazi O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “O‘zbekiston  davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3218-son qaroriga asosan tashkil qilingan va hozirda o’z faoliyatini yuritib kelmoqda. Markaz О‘zbekiston Respublikasi qonunlariga; vazirliklar va yuqori tashkilotlarning me’yoriy hujjatlariga; mehnatni tashkil etishning, mehnat xavfsizligi, elektr xafsizligi, yong‘in xafsizligi qoidalari va me’yorlariga; filial ustaviga; markaz tо‘g‘risidagi qoidalar; filial direktorining buyruq va kо‘rsatmalariga asoslanib faoliyat yuritadi.

Markazning faoliyatini belgilab beruvchi strategik yо‘nalish sifatida filialning kompyuter va informatsion infrastrukturasini tashkil etishni, ta’lim jarayonida Axborot texnologiyalar va masofadan о‘qitish tizimini joriy etish vazifalarini kо‘rsatish lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining  2021-yil 12-may kungi №OE48062325-sonli xatiga muvofiq va 2022-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritilganligi sababli quyidagi bo‘limlar nomi 2022-yil 1-aprel kunidan boshlab o‘zgartirilsin. shu xatga muvofiq Axborot texnologiyalari markazi RAQAMLI TA’LIM TEXNOGIYALARI MARKAZIga o’zgartirildi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Axborot texnologiyalari markazni Kamolov Alisher Farxodjonovich boshqarib kelmoqda

      

Axborot texnologiyalari markazi (RTTM) boshlig‘i lavozim vazifalari:

  • Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Filialdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;
  • Kompyuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
  • Kompyuter operatorlari ishini nazorat qilish;
  • Filial kompyuter zahirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;
  • Filialda Internet tarmoqlari, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, xabar va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
  • Filialning nusxa ko‘paytirish dastgohlarining ishini nazorat qilish, ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazib turishni nazorat qilish;
  • Filialning masofaviy o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda masofaviy o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va chet el oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish;
  • Filial lokal tarmog‘iga portal bo‘yicha jami ma’lumotlarni kiritish va tahlil etish;
  • Ijro intizomini elektron dasturini faol ishlashini dasturiy va texnik qo‘llab quvvatlash;
  • O‘quv kompyuter sinflari faoliyatini nazorat qilish;
  • Server kompyuterlarni boshqarishni tashkil qilish;
  • “Axborot texnologiyalar” o‘quv-ilmiy markaziga tegishli ishlarni tashkil qilish, tahlil qilish va istiqbol rejalarini ishlab chiqish. Ta’lim jarayoni axborot ta’minoti tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida yaratishni tashkil etish.

Markaz filialning о‘quv-boshqaruv jarayonini tashkil etuvchi axborot-kommunikatsiya faoliyatni texnik-uslubiy jihatdan kuzatib, bu jarayonning izchil, samarali bо‘lishini ta’minlaydi. Markaz mutaxassislari ishtirokida axborot-resurs markazi faoliyatini avtomatizasiyalash jarayoni amalga oshirilmoqda. Filial professor-о‘qituvchilari tayyorlagan ta’limiy vositalar markaz yordamida ZiyoNET  ta’lim portaliga joylashtiriladi. Filial sayti ham markaz xodimlari tomonidan ishlab chiqildi.

Hozirgi kunda markaz filial hujjatlari tizimini avtomatizasiyalashtirish va о‘quv jarayoniga masofadan о‘qitish texnologiyalarini joriy etish ustida ish olib bormoqda.

Qabul kunlari: har kuni soat 9:00-17:00 gacha

Telefon: +99873-543-50-12

Faks : +99873-543-46-30

Elekton pochta: kamolov_a85@mail.ru