Yoshlar bilan ishlash manaviyat va marifat bo‘limi

Abdunazarov Zoxidjon Muxamatvalievich

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i

                             

MEHNAT FAOLIYATI:

  • 1995-1999 yillarda – Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti talabasi
  • 1999-2002 yillarda – Yo‘ldosh Oxunboboev nomli Respublika yosh tomoshabinlar teatri artisti
  • 2002-2005 yillarda – Namangan viloyati, Pop shaxar madaniyat saroyi badiiy raxbari
  • 2005-2011 yillarda – Namangan viloyati, Pop shaxar madaniyat saroyi direktori
  • 2011-2012 yillarda – Namangan viloyati, Pop tumani madaniyat va sport ishlari bulimi mudiri
  • 2012-2014 yillarda – Namangan viloyati, Pop tumanidagi 7-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchi
  • 2015-2018 yillarda – Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Pop tumanidagi 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi
  • 2018-2019 yillarda – Namangan viloyati Pop tuman Madaniyat bo‘limi Madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi, bo‘lim mudiri o‘rinbosari
  • 2019-2020 yillarda – O‘zbekiston san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati va xalq ijodiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi
  • 2020-2020 yillarda – O‘zbekiston san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati” kafedrasi mudiri v.b.
  • 2020-2021 yillarda  – O‘zbekiston san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati ” o‘qituvchisi
  • 2021-2022 yillarda – O‘zbekiston san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati” kafedrasi mudiri v.b.
  • 2022 -2022 yilda – O‘zbekiston san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati” kafedrasi mudiri
  • 2022 yilda – O‘zbekiston san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati ”  kafedrasi o‘qituvchisi
  • 01.12.2022 yildan hozirgi vaqtgacha – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i
  • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘ining lavozim vazifalari:
  • Talabalarning axloqiy, siyosiy, huquqiy va badiiy-estetik madaniyatini yuksaltirish, ularni ijtimoiy faolligini oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ehtirom hissi, mehr-muruvvat va bag‘rikenglik tuyg‘ularini kamol toptirish, hayotning ma’no-mazmuni, Vatan va millat taqdiri haqida teran fikrlash ko‘nikmalarini yuksaltirish;
  • Talaba-yoshlar tafakkurini, ilmga intilish, tashabbuskorlik, fidoiylik, vatanparvarlik kabi bunyodkor g‘oyalar bilan sug‘orish, milliy g‘oya va milliy mafkura asosida birlashtirish va jipslashtirish;
  • Talabalar orasida Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ilgari surilgan yorqin kelajak g‘oyalari mazmun-mohiyatiga kirib borish, Konstitusiya va qonunlarni izchil o‘rganish, hukumat qarorlarini kuzatib borish va ulardan o‘quv va amaliyotda to‘g‘ri foydalanishni tashkil qilish;
  • Talaba-yoshlarni mamlakatimizdagi tarixiy obidalar, qadamjolar, ziyoratgohlar hamda mustaqillik yillarida bunyod etilgan madaniyat maskanlari, majmualari, ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishtirish va joylarda davra suhbatlari, muloqot darslarini muntazam tashkil etish;
  • Tarixiy siymolarimiz, ilm-fan va madaniyat namoyandalarining boy ilmiy-ma’naviy merosi, milliy va zamonamiz qahramonlarining hayot yo‘llarini talabalar ongiga chuqurroq singdirish, yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish va o‘rganish;
  • Talabalarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, ma’naviy-madaniy tadbirlarni sermazmun o‘tkazish, bunda yoshlarning taklif va istaklaridan kelib chiqqan holda teatr, kino, muzeylarga muntazam ravishda tashriflar uyushtirish, institutda mavjud badiiy havaskorlik to‘garaklari, sport seksiyalariga faol qatnashishlarini ta’minlash;
  • Filial talabalari bilan xorijiy davlatlardagi turdosh oliy o‘quv yurtlarining talaba-yoshlari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlash, birgalikda muloqotlar va oliy o‘quv yurtlari kunlarini o‘tkazish;
  • «Talabalar turar joyi»dagi sharoitlarni yaxshilashga, turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish, turli mavzudagi tadbirlarni muntazam tashkil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va hal qilishga qaratilgan sosiologik so‘rovnomalar o‘tkazish, yoshlarni jismoniy jihatdan kamol toptirish, tibbiy madaniyatni yusaltirish va oilaga tayyorlash borasidagi amaliy ishlarni olib borish.

Qabul kunlari: har kuni soat 9:00-17:00 gacha

Telefon: +99873-543-50-12

Faks : +99873-543-46-30

Elekton pochta: