«Yoshlar ittifoqi» stipendiyasi
Joriy yilning 21 oktabr kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining Ijroiya Qo’mitasining «Oliy ta’lim muassasalarida bakalavr bosqichi talabalari uchun «O’zbekiston yoshlar ittifoqi» stipendiyasini joriy etish to’g’risida»gi 01-04-/102-sonli qarori imzolandi.
Stipendiya Nizomiga ko’ra, stipendiya yilning o’n oyi davomida to’lab boriladigan to’lov bo’lib, stipendiyaning bir oylik summasi eng kam oylik ish haqining uch barobari miqdorida belgilandi.
Stipendiyaga nomzodlarni saralash tartibi quyidagicha belgilandi.
stipendiyani qo’lga kiritish uchun respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarining bakalavr (birinchi va yakunlovchi bosqich talabalaridan tashqari) talabalari hujjat topshirishlari mumkin.
nomzodlarning hujjatlari o’tgan o’quv yilida faqat yaxshi va a’lo baholarga o’zlashtirgan taqdirda qabul qilinadi.
Stipendiya uch bosqichda tashkil etiladi:
Birinchi bosqich — nomzodlarni anketa va hujjatlari Ittifoqning oliy ta’lim ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich tashkilotlarida har o’quv yilining 10 noyabrga qadar qabul qilinadi; (15 noyabrga qadar Ittifoqning tuman Kengashi topshiriladi)
Nomzod quyidagi hujjatlar taqdim etishi lozim:
— nomzod anketasi;
— fuqarolik pasport nusxasi;
— 2 dona (3×4 razmerdagi) rasm;
— Ittifoqning OTMdagi yoshlar yetakchisidan hamda Ittifoqning tuman Kengashi raisidan tavsiyanoma;
— nomzodning fanlarni o’zlashtirish ko’rsatkichi aks ettirilgan ma’lumotnoma;
— nomzodning iqtidori va faolligini ko’rsatuvchi hujjatlar (faxriy yorliq, diplom, sertifikat va boshqa hujjatlar);
— nomzodning faolligi va iqtidorini ko’rsatuvchi ilmiy-publisistik materiallar (to’plamlar yoki matbuotda chiqqan ilmiy maqolasi, tezislari, publisistik maqolasi);
— nomzodning Ittifoq tomonidan ta’sis etiladigon tanlov va targ’ibot tadbirlariga taklifi hamda innovatsion go’yasi (chop etilgan holda 300 so’zdan oshmagan yoki prezentatsiya ko’rinishida)
Ikkinchi bosqich — saralash bosqichi bo’lib, mazkur bosqichda Ittifoqning hududiy Kengashi qoshida ishchi guruh tuzilib, hududdagi barcha OTMlaridan kelgan nomzodlarning hujjatlarini o’rganib chiqiladi va ularning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan test imtixonlari o’tkaziladi. Yuqori ball to’plagan har bir OTMlardan 5 nafargacha nomzodlar saralanib olinadi hamda ularning hujjatlari Markaziy Kengashga taqdim etiladi.
Uchinchi bosqich — yakuniy bosqich bo’lib, mazkur yo’llanma olgan ishtirokchilarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy savodxonligi hamda loyiha taqdimoti baholanadi. Markaziy Kengashning yo’nalishlar bo’yicha bo’lim mudirlaridan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan nomzodning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy savodxonligi hamda loyihasi taqdimotiga qaratilgan suhbat tashkil etiladi. Suhbat natijalariga ko’ra munosib deb topilgan hamda baholash natijalariga ko’ra yuqori ball to’plagan nomzodlar stipendiya sohibi deb topiladi.
Stipendiyaga talabgorlar guruh yoshlar yetakchilariga hamda filial yoshlar yetakchisiga murojaat qilishlari mumkin.
Manba: yoshlarittifoqi.uz
Prezident davlat stipendiyasi qanday talabalarga tayinlanadi?
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag’batlantirish to’g’risida” 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari, nomli Davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to’g’risida nizom tasdiqlanishi mumkin.
Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son qarorining 3-ilovasi o’z kuchini yo’qotgan deb topiladi.
Nizomga ko’ra, oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari davlat oliy ta’lim muassasalarida butun o’qishi davomida faqat a’lo baholarga o’qiyotgan oxirgi kurs O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bo’lgan talabalarga tayinlanadi.
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug’bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari (keyingi o’rinlarda — nomli davlat stipendiyalari deb yuritiladi) O’zbekiston Kelgusi o’quv yili uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari soni joriy o’quv yili oxirida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalari bo’yicha nomli davlat stipendiyalarini taqsimlashni ta’lim ixtisosiga va talabalar soniga muvofiq amalga oshiradi.
Stipendiyalarni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
— a’lo o’qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
— kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
— tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi ta’lim yo’nalishi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qo’shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi;
— tillarni bilish bo’yicha umumiy talablar darajasi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan, oliy ta’lim muassasalarining tillar bo’yicha ixtisoslashmagan mutaxassisliklar uchun xorijiy tillarga bo’lgan talablari hajmida belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb saytida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalariga tanlovlar bo’yicha alohida bo’lim (sahifa) ochiladi. Ushbu bo’limda tanlovlarning e’lon qilinishi, hujjatlarni qabul qilish hamda tanlovlarni o’tkazish muddatlari, talabgorlar to’g’risidagi ma’lumotlar, tanlovlarning har bir bosqichi va natijasi to’liq yoritib boriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar dastlabki ko’rib chiqish uchun fakultet kengashiga quyidagilarni taqdim qiladilar:
— sinov daftarchasidan ko’chirma;
— dekanat, kafedraning tavsiyanomasi;
— ilmiy (ijodiy) ish rahbarining fikr-mulohazasi;
— ilmiy ishlar ro’yxati va ularning bosma nusxalari;
— tillar kafedrasining suhbat natijalari haqidagi ma’lumotnomasi.
Barcha hujjatlar jildga tikilgan yoki papkaga joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasining Fakultet kengashida dekan, kafedra mudirlari, professor-o’qituvchilar, talabalar ishtirokida talabgorlar bilan o’quv va ilmiy faoliyatlari bo’yicha suhbat o’tkaziladi va ularning yig’ma jildlari (butun o’qishi davomida o’zlashtirish ko’rsatkichi, ilmiy ishlari, erishgan yutuqlari) batafsil o’rganib chiqiladi va natijalari eng yuqori talabgorlar keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
Fakultet kengashi tomonidan tavsiya etilgan talabgorlarning yig’ma jildlari 30 avgustgacha Oliy ta’lim muassasasi kengashiga taqdim etiladi.
Oliy ta’lim muassasasi prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o’qituvchilar, talabalar, jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirokida belgilangan grafik asosida har bir nomzod 1 sentyabrdan 15 sentyabrga qadar talabalik davrida erishgan o’quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati to’g’risida oliy ta’lim muassasasi kengashida taqdimot qiladi.
Oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-sayti orqali 16 sentyabrdan 25 sentyabrgacha bo’lgan muddatda oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilari va talabalari tomonidan electron ovoz berish orqali so’rovnoma o’tkaziladi.
Berilgan ovoz natijalariga ko’ra oliy ta’lim muassasasi kengashi qarori bilan davlat stipendiyasiga tavsiya etish uchun Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.
Tanlovlarning so’ngi bosqichi — suhbat Oliy ta’lim muassasasi kengashi qarori bilan tuzilgan oliy ta’lim muassasasi rektori raisligidagi maxsus tanlov komissiyasi tomonidan o’tkaziladi.
Maxsus tanlov komissiyasi tarkibiga oliy ta’lim muassasasi prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o’qituvchilar, talabalar, jamoatchilik kengashi a’zolari kiritiladi.
Maxsus tanlov komissiyasi faoliyatiga bo’ysunuviga ko’ra vazirlik va idoralar hamda kadrlarning asosiy iste’molchilari bo’lgan korxona va tashkilotlardan rahbar va xodimlar kelishuv asosida taklif etiladi.
Suhbat natijalariga ko’ra tanlov g’oliblari maxsus tanlov komissiyasi a’zolarining yashirin ovoz berish yo’li bilan aniqlanadi.
Oliy ta’lim muassasasi rektori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovi g’olibini tasdiqlash uchun Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hay’atiga taqdim etadi.
Maxsus tanlov komissiyasining qarori oliy ta’lim muassasasi rektorining talabalarga nomli davlat stipendiyalarini tayinlash va to’lash haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirishi uchun asos bo’ladi.
Davlat stipendiyalari tanlovlarida g’olib bo’lgan talabalarga Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri hamda tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlangan quyidagi guvohnomalar beriladi:
— «Beruniy davlat stipendiyasining sohibi»;
— «Ibn Sino davlat stipendiyasining sohibi»;
— «Navoiy davlat stipendiyasining sohibi»;
— «Ulug’bek davlat stipendiyasining sohibi»;
— «Imom al-Buxoriy davlat stipendiyasining sohibi»;
— «Islom Karimov davlat stipendiyasining sohibi».
Guvohnomalar talabalarning o’qish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Davlat stipendiyalariga sazovor bo’lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan so’ng bir yil mobaynida, tegishli mutaxassislik bo’yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, grant asosida qabul qilinadilar.
Davlat stipendiyalariga sazovor bo’lgan talabalar o’qishni tugatganlaridan so’ng bir yil mobaynida magistraturada o’qishni davom ettirish uchun xorijga yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibiga kiritilishda ustunlikka ega bo’lish huquqini saqlab qoladilar.
Kundalik darslarni o’zlashtirmaganlik, o’quv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzganlik uchun o’quv yili mobaynida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasidan mahrum qilish davlat oliy ta’lim muassasalari taqdimnomalariga binoan tegishli vazirliklar va idoralar buyruqlari bilan, nomli davlat stipendiyalaridan mahrum qilish fakultetlarning taqdimnomasi bilan oliy ta’lim muassasasi buyrug’i bilan amalga oshirilishi mumkin.
Talabalarning davlat stipendiyalarini tayinlash bo’yicha ariza va shikoyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi.