To’lov-kontrakt summasini to’lash muddatlariga kiritilgan o’zgarishlar
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 oktyabrdagi №87-02-361-sonli xatiga muvofiq to’lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun 2020/2021 o’quv yilidan boshlab to’lov muddatlari quyidagicha belgilandi:
- belgilangan to’lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha;
- belgilangan to’lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha;
- tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyebtlarga o’quv yilining birinchi yarmi uchun to’lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi OTM rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirish.
Bunda, to’lov miqdorini belgilangan muddatlargacha qismlarga bo’lib to’lashga ruhsat beriladi.
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 2020/2021 o’quv yili uchun o’qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bilan ishlash uchun mas’ul xodimlar
1. Habibjonov Ikromjon – «Teatr san’ati va xalq ijodiyoti» fakulteti dekani – hujjatlarning asl nusxalarini qabul qilish uchun mas’ul, Telefon: +99873543 5011
2. Sheraliyeva Muazzamxon – Marketing bo’limi mutaxassisi – To’lov-shartnoma hujjatlarini rasmiylashtirish uchun mas’ul, Telefon: +998735435012
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali joylashuvi (Lat: 40.54589 Long: 70.92127)
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 2020/2021 o’quv yili uchun Kasbiy (ijodiy) imtihonlar qaydnomalari
5111012-PROFESSIONAL TA’LIM: XALQ IJODIYOTI (CHOLG’U IJROCHILIGI)
5150301-AKTYORLIK SAN’ATI – DRAMATIK TEATR VA KINO AKTYORLIGI
5150302-AKTYORLIK SAN’ATI – MUSIQALI TEATR AKTYORLIGI
5150303-AKTYORLIK SAN’ATI – QO’G’IRCHOQ TEATRI AKTYORLIGI
5150405-REJISSYORLIK – MUSIQALI TEATR REJISSYORLIGI
5150406-REJISSYORLIK – KINO VA TELEVIDENIYE REJISSYORLIGI
5151602-XALQ IJODIYOTI – FOLKLOR VA ETNOGRAFIYA
5151605-XALQ IJODIYOTI – ASHULA VA RAQS
XOTIN-QIZLAR VA NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLAR UCHUN QO’SHIMCHA KVOTA
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 2020/2021 o’quv yili uchun qabuli yuzasidan fuqarolarning murojaatlari bo’yicha mas’ul xodim
Mamatqulov Bexzodjon – «Teatr san’ati va xalq ijodiyoti» fakulteti dekan o’rinbosari.
Murojaat uchun telefon raqamlari:
+998 73 543 5011
+998 73 543 5012
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 2020/2021 o’quv yili uchun Test sinovlari qaydnomalari
5350600 – Kutubxona-axborot faoliyati (Faoliyat turlari bo’yicha) Kunduzgi ta’lim shakli
5350600 – Kutubxona-axborot faoliyati (Faoliyat turlari bo’yicha) Sirtqi ta’lim shakli
5151700 – Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish Sirtqi ta’lim shakli
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 2020/2021 o’quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtixonlarida to’plangan ballar
5150301 – Aktyorlik san’ati: dramatik teatr va kino aktyorligi
5150405 – Rejissyorlik: musiqali teatr rejissyorligi
5150303 – Aktyorlik san’ati: musiqali teatr aktyorligi
5151602 – Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya
5151605 – Xalq ijodiyoti: ashula va raqs
5111012 – Professional ta’lim: xalq ijodiyoti (cholg’u ijrochiligi)
5150303 – Aktyorlik san’ati: qo’g’richoq teatri aktyorligi
5150406 – Rejissyorlik (kino va televideniye rejissyorligi)
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali dislokatsiyasi
Manzil: Farg’ona viloyati, Qo’qon shahar, Movarounnaxr 3- “a”
GPS koordinatalari: Lat: 40.54589 Long: 70.92127
Avtobuslar: 33, 66, 70, 60, 51, 11, 42
Ijodiy imtixon xonalari shay holatda
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 2020/2021 o’quv yili qabuli uchun o’tkaziladigan ijodiy imtixonlar o’tkaziladigan auditoriyalar shay holatga keltirildi.
Ijodiy imtixonlarga tayyorgarli ko’rish doirasida filial binosi dezinfeksiya qilindi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2020/2021 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to’g’risida» 2020 yil 12 iyundagi PQ-4749-son qaroridan kelib chiqadigan vazifalar, hamda koronavirus pandemiyasi sharoitida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filialiga qabulni yuqori darajada tashkil etish maqsadida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Madaniyat vazirligining ko’rsatma va topshiriqlariga muvofiq filial binosi dezinfeksiya qilindi.
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktorining 2020-2021 o‘quv yili uchun ro’yxatdan o’tgan abituriyentlarga rasmiy xati
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida 2020-2021 o‘quv yili qabuli uchun o’tkaziladigan kasbiy(ijodiy) imtihonlar grafigi
- «Rejissyorlik: kino va televidenie rejissyorligi» va «Xalq ijodiyoti: ashula va raqs» yo‘nalishlari bo‘yicha 2020-2021 o‘quv yili qabuli uchun kasbiy(ijodiy) imtihon bo‘yicha imtihon grafigi
- «Professional ta’lim: xalq ijodiyoti (cholg’u ijrochiligi)» va «Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya» yo‘nalishlari bo‘yicha 2020-2021 o‘quv yili qabuli uchun kasbiy(ijodiy) imtihon bo‘yicha imtihon grafigi
- «Aktyorlik san’ati: dramatik teatr va kino aktyorligi» yo‘nalishi bo‘yicha 2020-2021 o‘quv yili qabuli uchun kasbiy(ijodiy) imtihon bo‘yicha imtihon grafigi
- «Aktyorlik san’ati: qo’g’irchoq teatri aktyorligi», «Aktyorlik san’ati: musiqali teatr aktyorligi» va «Rejissyorlik: musiqali teatr rejissyorligi» yo‘nalishlari bo‘yicha 2020-2021 o‘quv yili qabuli uchun kasbiy(ijodiy) imtihon bo‘yicha imtihon grafigi
Manzil: Farg’ona viloyati, Qo’qon shahar Movarounnaxr 3-«a». O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali
Hurmatli, ota-onalar hamda abituriyentlar!
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan hamda yangilanayotgan O’zbekiston uchun har tomonlama yetuk va malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyoj yanada ortmoqda. Ushbu ehtiyojni qondirish maqsadida O’zbekiston ta’lim tizimida ham sezilarli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu keng ko’lamli ishlarga Sizning ham hissangiz qo’shilishini istagan holda, sizlarni 2020-2021 o’quv yili qabuli hamda imtihon jarayonlarining shaffofligini ta’minlash uchun hamkorlikka chaqirib qolamiz.
Hurmatli ota-ona, sizdan ushbu jarayonlar uchun ta’magirlik yo’li bilan pul undirmoqchi bo’lgan shaxslardan ehtiyot bo’ling. Xususan, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali professor-o’qituvchilari hamda ishchi-xodimlari bugungi kunda to’liq ta’tilga chiqarilgan bo’lib, institut hududiga kiritilmaydi va imtihon jarayonlariga qatnashmaydi. Kirish imtihonini oladigan komissiya tarkibi vazirlik tomonidan belgilangan hamda bu tarkib imtihon kunigacha sir saqlanadi. Institut hududi to’liq videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Binoning ichki qismi: yo’laklar, imtihon bo’lib o’tadigan xonalar ikkitadan kuzatuv kameralari orqali kuzatiladi va bo’layotgan jarayonlar to’liq yozib olinadi.
Unutmang, sizning farzandingiz o’zi qiziqqan sohada chuqur bilimga ega bo’lib, jamiyatda o’z o’rnini egallashi uchun, uning hayotini avvalboshdan shaffoflik asosida barpo etish zarur.
2020-2021 o’quv yili uchun bo’lib o’tadigan imtihonlarda barcha abituriyentlarga omad tilab qolamiz.
Shamsiddin Usmonov,
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali direktori
Ўзбекистон давлат санъат ва маданият институтининг Фарғона минтақавий филиали директори, доцент Шамсиддин Усмонов 2020-2021 ўқув йили учун қабул жараёни филиалда қай тарзда йўлга қўйилгани ва касбий (ижодий) имтихонларни ўтказиш бўйича ташкил этилган барча мавжуд шарт-шароитлар билан ушбу видео орқали батафсил таништириб, кенг маълумотлар бериб ўтишади.
ЎзДСМИ Фарғона минтақавий филиали матбуот хизмати,
Расмий веб сайт: www.dsmi-qf.uz
Телеграм канал: t.me/uzdsmifmf
Фейсбук саҳифаси: facebook.com/dsmi.fmf.14
Инстаграм саҳифаси: www.instagram.com/dsmifmf/?hl=ru
You tube канал: www.youtube.com/channel/UCMSJ-vC2pC4yS4-kh4NL2uQ
Ijodiy imtihonlar quyidagi me’zonlar asosida o’tkaziladi:
Kino va televideniye rejissorligi
Dramatik teatr va kino aktyorligi
Professional ta’lim (cholg’u ijrochiligi)
Rejissorlik (musiqiy teatr rejissorligi)