Ichki nazorat va monitoring bo‘limi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlari, vazirlikning qarori, buyruq, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, filialning Kengash qarori va buyruqlarining bajarilishini nazorat qiladi va monitoringini olib boradi. Kafedra va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va filial bo‘yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning monitoringini tashkil qiladi.
Filialda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari, ta’lim masalalari bo‘yicha Respublika hukumati qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qarorlari, buyruq, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlarini vazirlikning Monitoring bo‘limiga va tegishli boshqarmalarga o‘z muddatida, sifatli taqdim qilishni ta’minlaydi. Bo‘lim boshlig‘i tomonidan topshirilgan barcha ishlarni o‘z vaqtida sifatli bajaradi va axborot beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining 2021-yil 12-may kungi №OE48062325-sonli xatiga muvofiq va 2022-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritilganligi sababli quyidagi bo‘limlar nomi 2022-yil 1-aprel kunidan boshlab o‘zgartirilsin. xatga muvofiq «Monitoring va ichki nazorat sektori» Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektoriga o’zgartirildi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali monitoring va ichki nazorat sektori mudiri vazifasida Mirzayeva Ziyodaxon Axmedovna faolyat ko‘rsatmoqda
MEHNAT FAOLIYATI
1990-1992 yillarda – Qo‘qon shahar “Sevinch” kichik korxonasi tikuvchisi
1992-1994 yillarda – Qo‘qon avto yo‘l texnikumi talabasi
1994-2003 yillarda – Qo‘qon “Xislat” B.S kichik korxonasi tikuvchi ustasi
2008-2012 yillarda – Qo‘qon avtotransport kasb-hunar kolleji o‘quv bo‘limi kotibasi
2012-2017 yillarda – Qo‘qon avtotransport kasb-hunar kolleji tadbirkorlik fani o‘qituvchisi
2017-2018 yillarda – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali o‘quv-uslubiy bo‘limi o‘quv ishlari bo‘yicha inspektori
2018-2021 yillarda – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali monitoring va ichki nazorat bo‘limi uslubchisi
2021 – yildan hozirgi vaqtgacha – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali monitoring va ichki nazorat sektori mudiri
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori boshlig‘ining vazifalari
- O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirliklari-ning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefono-grammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
- O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlari, ta’lim masalalari bo‘yicha Respublika hukumati qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarori, bo‘yruq, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini filialning ma’lum ijrochi xodimlari tomonidan bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlarini vazirlikning Monitoring bo‘limiga va tegishli bo‘limlariga o‘z vaqtida, sifatli taqdim qilishni ta’minlash;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
- O‘quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;
- Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini, o‘quv-ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirliklari-ning me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlashni tashkil qilish, nazorat qilish ta’minlash bo‘yicha istiqbolli rejalarni ishlab chiqish;
- Filialda ijro intizomini mustahkamlash, hujjatlar bilan ishlash borasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- Kirim qilingan hujjatlarni ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazish, ularning ijrosini belgilangan muddatda, sifatli ta’minlashni tashkil qilish;
- Fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va institut bo‘yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi va monitoringini olib boradi;
- Filial ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga qaratilgan tavsiyalar beradi;
- Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarini va mezonlarini ishlab chiqadi. Nazorat va monitoring natijalari bo‘yicha ma’lumotni hamda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etadi.
- Fakultetlar, kafedralar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tegishli ishchi guruhlarga jalb qilinish. Bo‘lim boshlig‘i tomonidan topshirilgan barcha ishlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish va axborot berish.
- Filial va uning bo‘limlarida (fakulьtetlar, kafedralar, malaka oshirish fakultetlari, akademik liseylar va boshqa tarkibiy bo‘linmalar) tomonidan ta’lim standartlari hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini o‘rganish va tahlil qilish;
- Talabalar bilimining reyting tizimi asosida holisona va adolatli baholanishi monitoringini olib borish;
- Filialda ta’limning holati va rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini tashkil qilish va tartibga solish;
Qabul kunlari: har kuni soat 9:00-17:00 gacha
Telefon: +99873-543-50-12
Faks : +99873-543-46-30
Elekton pochta: