“Oriental Art and Culture” ilmiy-metodik jurnali
“Oriental Art and Culture” ilmiy-metodik jurnali sharq mamlakatlari tarixi, o‘ziga xosligi, moddiy va ma’naviy qadriyatlari, sharq san’atining turlari va janrlari, uning rivoji va eng yaxshi namunalari masalalarini yoritib, ilmiy xamjamiyat uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Jurnal sharq san’ati va madaniyati muammolari bilan bog‘liq ilg‘or nazariyalar, ilmiy g‘oyalar, metodologiya va amaliyotni bayon etgan tadqiqot ishlarini chop etish uchun maydon bo‘lib xizmat qiladi.
https://oac.dsmi-qf.uz/index.php/oac/index
“World of Philology” ilmiy jurnali
“World of Philology” ilmiy jurnali filologiya fanlariga ixtisoslashgan bo‘lib, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, mumtoz filologiya, tarjima nazariyasi va amaliyoti, adabiyotshunoslik va matnshunoslik, xalq og‘zaki ijodi, jahon adabiyoti, tanqid va kompyuter tilshunosligi sohalaridagi ilmiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni har tomonlama yoritadi. Ilmiy jurnalning maqsadi yosh tadqiqotchilarning filologiya fanlariga qiziqishini oshirish bo‘lib, soha mutaxassislari va tadqiqotchilarining ilmiy qarashlarini bayon etish, ilg‘or nazariyalar va ilmiy g‘oyalarni muhokama qilish uchun maydon hisoblanadi.
https://wpjournal.dsmi-qf.uz/index.php/wp
«Pedagogikada ilmiy izlanishlar» ilmiy jurnali
Pedagogika fanlariga ixtisoslashgan «Pedagogikada ilmiy izlanishlar» ilmiy jurnali pedagogika nazariyasi, pedagogika tarixi, ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi, maxsus pedagogika, jismoniy tarbiya va sport tayyorgarligi nazariyasi va metodikasi, professional ta’lim nazariyasi va metodikasi, elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi, ta’lim menejmenti, maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi sohalaridagi ilmiy-amaliy innovatsion yangiliklarni har tomonlama yoritishni, yosh ilmiy izlanuvchilarni pedagogika fanlariga qiziqishlarini yanada oshirish, sohaviy mutaxassislar, olimlarning ilmiy qarashlarini ifodalash, ilg‘or nazariyalar va ilmiy fikrlarni muhokamaga qo‘yish hamda boyitish, metodika va amaliyotni hayotga keng joriy etishda targ‘ibotchi vazifasini bajarishdan iborat.