BOBURNI YOD ETIB

BOBURNI YOD ETIB

Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida buyuk sarkarda, shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining  541 yilligiga bag’ishlangan «BOBURNI YOD ETIB» nomli zakovat intellektual o’yini tashkil etildi.

Zakovat intellektual o’yinida Bobur hayoti va ijodiga oid tuzilgan savollarga talabalar o’z bilimlariga tayangan holda javoblar topishdi.

O’yinga filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda professor-o’qituvchilar odilona hakamlik qilib borishdi.

Tadbir davomida filial professor-o‘qituvchilari hamda talabalaridan tashkil topgan «Yangi O’zbekiston yoshlari» ansambli ijrosida adib g’azallariga bastalangan dilrabo kuy-qo’shiqlar hamda jozibador raqslar ijro etildi.

Mahorat darslari

Mahorat darslari

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida mashhur va salohiyatli san’atkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar hamda mahorat darslarini o‘tkazish an’anaga aylangan.

Bugungi mehmonlarimiz O’zbekiston davlat konservatoriyasi professori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Odiljon Nazarov, «Xalq cholg‘ularida ijrochilik» kafedrasi etakchi kontsertmeysteri Zamiraxon Soliyeva hamda konservatoriya talabalaridan D.Rabbimov va O.Davronovlar bo’lishdi.

Tashkil etilayotgan bu kabi ijodiy uchrashuv va mahorat darslari filialimiz professor-o’qituvchilari va talabalari uchun bilim, ko’nikma va mahoratlarini oshirishga xizmat qiladi.

O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati

Navoiyni anglash-o’zlikni anglash demakdir

Navoiyni anglash-o’zlikni anglash demakdir

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida «Teatr san’ati» kafedrasi tomonidan g‘azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavallud kuniga bag‘ishlangan “Navoiyni anglash-o’zlikni anglash demakdir” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda talabalar tomonidan Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlar, dilrabo kuy-qo‘shiqlar, go‘zal raqslar hamda adibning qalamiga mansub g’azal va ruboiylar ijro etildi.

Tadbirda filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich boshchiligida professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Rejissor: Filial tyutori D.Sottiyev

#Alisher_Navoiy_583

#Alisher_Navoiy_583

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida «Xalq ijodiyoti» kafedrasi tashabbusi bilan buyuk mutafakkir, g’azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan “Navoiyni yod etib” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda filial talabalari ijrosida Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qildi.

Anjuman davomida professor-o‘qituvchilar va talabalardan tashkil topgan «Yangi O’zbekiston yoshlari» ansambli tomonidan adibning bebaho asarlariga bastalangan dilrabo kuy-qo’shiqlar ijro etildi.

#Alisher_Navoiy_583

#Alisher_Navoiy_583

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Ijtimoiy fanlar, kutubxonashunoslik va sport» kafedrasi tashabbusi bilan g’azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan «Navoiy siymosi» mavzusuda davra suhbati bo’lib o’tdi.

Tadbirda filial direktori professor Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich, Qo’qon davlat pedagogika instituti «O’zbek tili va adabiyoti» kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Zebo Qobilova, «Ijtimoiy fanlar, kutubxonashunoslik va sport» kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ikromjon Habibjonov hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida Alisher Navoiyning betakror asarlari, hayoti va ijodi, mumtoz maqom san’ati rivojiga qo’shgan hissasi to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

✍️  O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati.

#Alisher_Navoiy_583

#Alisher_Navoiy_583

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Sahna nutqi va san’atshunoslik» kafedrasi tomonidan g’azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan «Navoiyga ehtirom» nomli badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich, O’zbekiston xalq artisti Shafoatxon Rahmatullayeva hamda «Sahna nutqi va san’atshunoslik» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Kechada talabalar tomonidan Alisher Navoiyning qalamiga mansub g’azallar, ruboiylar, dilrabo kuy-qo’shiqlar, jozibador raqslar hamda adib siymosini tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

✍️  O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati.

Filial ilmiy kengashining 2023/2024-o’quv yili bo‘yicha 6-sonli yig’ilishi bo’lib o’tdi

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali ilmiy kengashining 2023/2024-o’quv yili bo‘yicha 6-sonli yig’ilishi bo’lib o’tdi.

✅  Filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich boshchiligida o’tkazilgan ilmiy kengash davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Madaniyat vazirliklari buyruqlari ijrosi to‘g‘risida, filialning oliy ta’lim muassasalari milliy reytingidagi ko’rsatkichlari, 2023-yil tahlili va 2024-yil istiqbol rejasi, “Ijtimoiy fanlar, kutubxonashunoslik va sport” kafedrasida me’yoriy hujjatlarning yuritilishi, o‘quv, ilmiy, ijodiy faoliyatni tashkil etilishi va bajarilish holati tо‘g‘risida, “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialini 2023-2030-yillarda rivojlantirish dasturi” bo’yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti va boshqa ma’ruzalar tinglandi.

Tabriklaymiz

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich 2023/2024-o’quv yili bo’yicha bakalavriat bosqichida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, Islom Karimov nomidagi va Navoiy nomidagi davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalarga maxsus «Guvohnoma» hamda «Sahna nutqi va san’atshunoslik» kafedrasi dotsenti v.b. Gulsanem Tursunovaga Oliy Attestatsiya Komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan dotsentlik ilmiy unvoni guvohnomasini tantanali ravishda topshirdi.