OʻzDSMI rektori institutning Farg‘ona mintaqaviy filiali faoliyati bilan tanishdi

2024-yil 21-iyun kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali faoliyati bilan tanishish, yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlarini kuzatish va amaliy yordam berish maqsadida filialga tashrif buyurib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, Axborot resurs markazi faoliyati va ijodiy ustaxonalar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida N.Sayfullayev talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasida ham ishtirok etdi. Shuningdek, filial rahbariyati va professor-o’qituvchilar hamda bitiruvchi talabalar bilan suhbatlashdi.

E’TIROF

Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich «Cholg‘u ijrochiligi va musiqiy-nazariy fanlar» kafedrasi dotsenti v.b. Rafiqjon Ahmedovga Oliy Attestatsiya Komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan dotsentlik ilmiy unvoni guvohnomasini hamda Shahrisabz shahrida bo’lib o’tgan «YANGI YULDUZLAR» Respublika ko’rik tanlovida I-o’rinni egallagan professional ta’lim: «Cholg‘u ijrochiligi» 2-bosqich talabalari Ilyosbek Hakimov, Noiljon Mahmudhonov hamda ularning ustozi «Cholg‘u ijrochiligi va musiqiy nazariy fanlar» kafedrasi o’qituvchisi Toshtemirjon Halilovlarga «DIPLOM» va «TASHAKKURNOMA» larni tantanali ravishda topshirdi.

FILIAL KENGASHINING NAVBATDAGI  YIG’ILISHI

 

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali kengashining 2023/2024-o’quv yili bo‘yicha 10-sonli yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich raisligida o’tkazilgan «Kengash» davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Madaniyat vazirliklari buyruqlari ijrosi to‘g‘risida, filialda chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarni chet tillarini o‘zlashtirish holati tо‘g‘risida, “Talaba-yoshlar ijodiyoti” ko‘rik-festivali va “Ochiq eshiklar kuni”ni samarali tashkil etish chora-tadbirlari va uning bajarilishi to‘g‘risida, Xalqaro hamkorlik aloqalarini tashkil etish va takomillashtirish bо‘yicha amalga oshirilgan ishlar va professor-о‘qituvchilarning xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish hamda stajirovkalarga yuborilishini tashkil etilishi tо‘g‘risida hisobotlar tinglanib tahlil etildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

MA’RIFAT ULASHIB

Qo’qon universiteti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali hamkorligida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, shoir Minhojiddin Mirzo, Qo’qon universiteti direktori G’afurjon Zohidov, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Mirmuxsin Gapurov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Farg‘ona viloyati bo’limi boshlig‘i, shoira Dilshoda Ergasheva, Qo‘qon davlat pedagofika instituti professori Zebo Qobilovalar ishtirok etishdi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda talaba-yoshlar bilan qiziqarli va maroqli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Bugungi tadbir davomida filialimiz jamoasi tomonidan dilrabo kuy-qo‘shiqlar, sahnalashtirgan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Tadbir so’ngida «Yashil makon» loyihasi doirasida universitet hududiga adiblar va OTM rahbarlari ishtirokida mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlarga O’zbekiston Respublikasi yo’zuvchilar yuyshmasi tomonidan yangi nashrdan chiqqan kitoblar taqdim etildi.

OCHIQ MULOQOT

Joriy yilning 23-may kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda sirtqi ta’lim 1-bosqich talaba-yoshlari o’rtasida navbatdagi ochiq muloqot otkazildi.

Do’stona samimiy ruhda o’tkazilgan muloqot davomida talabalar ta’lim jarayonidagi mavjud muammolar, ijodiy faoliyat samaradorligini oshirish va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan talab-takliflarini bildirdilar.

Talabalarning savollariga filial direktori batafsil javob berdi hamda talaba-yoshlarni qiziqtirayotgan masalalar, talab va takliflarini ijobiy hal etishga barcha mavjud imkoniyatlardan keng foydalanishini bildirdi.

Ochiq muloqot so‘ngida filial direktori barcha talabalarga o’qish va ishlarda yuksak muvaffaqiyatlar tiladi.

Zamonaviy teatr san’atining dolzarb muammolari, an’ana va yangi tendensiyalar

Joriy yilning 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-martdagi “2024-yilda qo‘shimcha o‘tkaziladigan Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar to‘g‘risida” 76-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida “Zamonaviy teatr san’atining dolzarb muammolari, an’ana va yangi tendensiyalar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiya «Teatr san’atida yangi davr, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi», «Sahna va ekran san’atida ta’lim, ijod, ilm hamkorligi», «Uchinchi Renessans poydevorini qurishda Yangi О‘zbekistonda san’at va madaniyatning roli» sho‘balarida ish olib bordi.

Konferensiyada Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahri O‘zbek drama teatri direktori, Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Rustamxo‘ja Saidxo‘jayev, O‘zbekiton davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati” kafedrasi professori, O‘zbekiston san’at arbobi Karim Yuldashev, O‘zbekiton davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati” kafedrasi professori Shamsiddin Usmonov, O‘zbekiton davlat san’at va madaniyat instituti “Qo‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasining dotsenti Venera Yusupova, O‘zbekiton Milliy qo‘g‘irchoq teatri bosh rejissori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent Shomurod Yusupov, O‘zbekiton davlat san’at va madaniyat instituti “Qo‘g‘irchoq teatr san’ati” kafedrasi professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Maryam Ashurova va boshqalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

O‘zbek teatr san’ati, xalq ijodiyoti va kutubxonashunoslikning dolzarb masalalari

O‘zbek teatr san’ati, xalq ijodiyoti va kutubxonashunoslikning dolzarb masalalari

Joriy yilning 10-may kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida “O‘zbek teatr san’ati, xalq ijodiyoti va kutubxonashunoslikning dolzarb masalalari” mavzusida V sonli respublika ilmiy-amaliy talabalar konferensiyasi o’tkazildi.

Konferensiyada:
«Bo‘lajak aktyorlarda badiiy did va etik madaniyatni rivojlantirish masalasi».
«Jadidchilik harakati namoyondasi Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasini hozirgi yoshlarimiz tarbiyasiga ta’siri».
«Erka qori Karimov katta ashula ijrochiligida buyuk ustoz».
«Bugungi kunda O‘zbekistonning nomoddiy madaniy meroslarini san’at sohasida tutgan o‘rni va ahamiyati» kabi mavzular muhokama etildi.

IJODIY UCHRASHUVLAR

Yoshlarni ijodiy salohiyatini yanada kengaytirish, musiqa san’ati sohasidagi ijodkorlarni aniqlash, iste’dodlarni topish hamda ijodiga ijobiy ta’sir etish, shuningdek, bitiruvchi o‘quvchilarni kelgusida o‘z tanlagan kasblari bo’yicha oliy ta’lim muassasalariga jalb etish maqsadida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Teatr san’ati va xalq ijodiyoti» fakulteti dekani Azizbek Talaboyev boshchiligida professor-o’qituvchilar va talabalar Andijon hamda Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktabi bitiruvchilari bilan uchrashdilar.

Ijodiy uchrashuvlar davomida  san’at maktabi o‘quvchilariga filial faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’limga kirish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi hamda «Xalq ijodiyoti» kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari tomonidan mumtoz dilrabo kuy-qo’shiqlar ijro etildi.

Xalqaro hamkorlik

Joriy yilning 23 aprel kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Xalq ijodiyoti» kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari uchun Rossiya Federatsiyasining «Елабужский институт Казанского Федерального Университета» oliy ta’lim muassasasi dotsenti Farida Gabidullina tomonidan «Folklor asarlarini sahnalashtirish» va «Folklor jamoa ijrochiligi» fanlari bo‘yicha o’quv hamda mahorat darslari o‘tkazildi.

15 aprel – O’zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni

15 aprel – O’zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni

Aziz va muhtaram jamoadoshlar, ustozlar, barchangizni bugungi kasb bayramingiz bilan muborakbod etaman!

Yosh avlodimizga, jamiyatimizga ma’naviy va madaniy ozuqa berishdan hech qachon charchamang.Yurtimizda hamisha madaniyat va san’at rivojlanaversin.

GAPUROV MIRMUXSIN KAMOLDINOVICH

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori.