SPORT SINOVLARI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI

SPORT SINOVLARI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI

Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sport sinovlarining ixtiyoriy talablarini bajarib, eng yaxshi natijalarga erishgan bir qator talaba-yoshlar filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda Farg’ona viloyat sport boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari G’ofurov Sodir Sobirovich, Qo’qon shahar 1-son sport maktabi direktori Qurbonov Yorqin Rafiqovichlar tomonidan taqdirlandilar.

#Hay’at_yig’ilishi #Yashil_makon

#Hay’at_yig’ilishi
#Live
#Yashil_makon

Ayni paytda Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarmalari rahbarlari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari va direktorlari ishtirok etmoqdalar.

Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqish, iqtisodiyot va sohaga oid islohotlarni amalga oshirish jarayonida oliygohlar va texnikumlarning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, Hay’at yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 16-oktabrda imzolangan “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–158-son farmonida oliy ta’lim muassasalari va texnikumlar rahbarlari oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishiga oid masalalar muhokama qilinmoqda.

Tadbir davomida “Yashil makon” loyihasi doirasida respublika marafoniga start berildi.

Marafon 20-noyabrgacha davom etib, mamlakat bo‘ylab 20 milliondan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekish maqsad qilindi.

«Yashil makon» marafonida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda «Teatr san’ati va xalq ijodiyoti» fakulteti dekani Azizbek Talaboyevlar faol ishtirok etishmoqda.

E’tirof

Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich Farg’ona viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazilgan «TALABA YUGUR» musobaqasida faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritgan «Musiqali teatr aktyorligi» yo’nalishi 3-bosqich talabasi Jahongir Akramovni erishgan ulkan yutug‘i bilan samimiy tabrikladi.

FILIAL KENGASHINING  YIG’ILISHI

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali kengashining 2024/2025-o’quv yili bo‘yicha navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich raisligida o’tkazilgan «Kengash» davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Madaniyat vazirliklari buyruqlari ijrosi to‘g‘risida, bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlari (BMI) va magistrlik dissertatsiyalari (MI) mavzularini hamda о‘quv ijodiy repertuarlarini tasdiqlash tо‘g‘risida, filialda 2024-2025 о‘quv yilida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yо‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar bо‘yicha chora-tadbirlar rejasining bajarilishi holati tо‘g‘risida, filialning “Teatr san’ati” kafedrasi dotsenti v.b. R.Dehqonov va “Cholg‘u ijrochiligi va musiqiy nazariy fanlar” kafedrasi dotsenti v.b. A.Yo‘ldashev, M.Qurbonova, “Sahna nutqi va san’atshunoslik” kafedrasi dotsenti v.b B.G‘ofurovalarning dotsent ilmiy unvonini olish uchun tayyorlagan hujjatlarini Oliy attestasiya komissiyasiga taqdim etish to‘g‘risida, kafedralar tomonidan tashkil etilgan ko‘rik-tanlovlar Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida loyiha mavzusi muhokamasi, ikkinchi va undan yuqori kurslarda o‘qiyotgan talabalarning  belgilangan to‘lov-shartnoma mablag‘larini to‘lash muddatini uzaytirish to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

MAHORAT DARSLARI

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida elimiz ardog‘idagi mashhur san’atkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslari o‘tkazish doimiy an’anaga aylangan.

Bugungi mehmonlarimiz O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining «Milliy qo‘shiqchilik» kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq xofizi Orolmirzo Safarov hamda «Milly qo’shiqchilik»
kafedrasi dotsenti v.b. Baxtiyorjon Umarovlar.

Filialning «Xalq ijodiyoti» kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun o‘tkazilgan mahorat darsida Orolmirzo Safarov Ogahiy g‘azali, Navo maqomidan «Soqinomai savti navo» asari matnini talabalarga yozdirdi va ushbu qo‘shiqni ijro uslubini o‘rgatib birgalikda ijro etdi.

Mazkur ijodiy uchrashuv va o‘tkazilgan mahorat darsi talabalarimiz ijodiga yanada zavq bag’ishladi. Mahorat darsi so’ngida filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich tomonidan ustoz san’atkorlarga minnatdorchilik hamda «TASHAKKURNOMA» lar taqdim etildi.

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik

🏛 O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialiga hamkorlik aloqalarini o’rnatish maqsadida Qirg’iziston xalqaro universiteti vakillari tashrif buyurdi.

🔰 Tashrif doirasida har ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi masalalari muhokama qilindi.

🔷 Tashrif davomida mehmonlar filial talabalari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, imkoniyatlar va ularning ijod namunalari bilan yaqindan tanishdilar.

OCHIQ MULOQOT

OCHIQ MULOQOT

Joriy yilning 16-oktyabr kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda professional ta’lim: «Cholg‘u ijrochiligi» yo’nalishi 1-bosqich talaba-yoshlari o’rtasida ochiq muloqot otkazildi.

Ochiq muloqot davomida talabalarni ilmiy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirish va ularning innovatsion fikrlashlarini shakllantirish, respublika va xalqaro miqyosdagi ko’rik-tanlov, festival hamda anjumanlarda faol ishtirok etish, shuningdek,  2024-yil 27-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatligi uchun bo’lib o’tadigan saylov yuzasidan kerakli ma’lumotlar berildi.

Ochiq muloqot so‘ngida filial direktori barcha talabalarga o’qish va ishlarda yuksak muvaffaqiyatlar tiladi.

OCHIQ MULOQOT

Joriy yilning 20-sentabr kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich birinchi kursga qabul qilingan  talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Ochiq muloqot davomida talabalarni ilmiy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirish va ularning innovatsion fikrlashlarini shakllantirish, respublika va xalqaro miqyosdagi ko’rik-tanlov, festival hamda anjumanlarda faol ishtirok etish, shuningdek, 2024/2025-o’quv yilida amalga oshirish lozim bo’lgan rejalar, ustoz-shogird an’analarini munosib davom ettirish, filial ichki tartib qoidalariga rioya qilish to’g’risida so’z yuritildi.

Ochiq muloqot so’ngida talabalarning savollariga filial direktori batafsil javob berdi hamda talaba-yoshlar bildirgan talab va istaklarni ijobiy hal etishga, barcha mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda foydalanish taklifini bildirdi.

FILIAL KENGASHINING  YIG’ILISHI

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali kengashining 2024/2025-o’quv yili bo‘yicha yig’ilish bo’lib o’tdi.

Filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich raisligida o’tkazilgan «Kengash» davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Madaniyat vazirliklari buyruqlari ijrosi to‘g‘risida, filialning 2024-2025-o‘quv yili uchun kompleks ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida, 2024-2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar to‘g‘risida, 2024-2025-o‘quv yili uchun  me’yoriy hujjatlar (o‘quv rejalari, ishchi o‘quv dasturlari, tanlov va qo‘shimcha fanlar dastur) larini tasdiqlash to‘g‘risida hisobotlar tinglanib tahlil etildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Filial direktori professor-o’qituvchilar bilan uchrashdi

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich professor-o’qituvchilar hamda ishchi xodimlar bilan uchrashdi.

Filial direktori “Bir bo‘lsak–yagona xalqmiz, birlashsak–Vatanmiz!” shiori ostida o’tkazilayotgan mustaqilligimizning 33 yilligi hamda 2024/2025-yangi o’quv yili bilan barchani tabrikladi hamda hozirga qadar filialimizda erishilgan yutuqlar, rejaga muvofiq bajarilgan ishlar, shuningdek, yangi o’quv yilida amalga oshirish lozim bo’lgan rejalar haqida ma’ruza qildi. M.Gapurov professor va dotsent ilmiy unvonlarini olgan hamda davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan professor-o’qituvchilarni tabrikladi.

Uchrashuv davomida direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi o‘rinbosari R.O’taganov, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari A.Sattorov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o’rinbosari R.Turg’unboyevlar o’z yo’nalichlari yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.