«Ma’rifat ulashib»  loyihasi

«Ma’rifat ulashib»  loyihasi Qo‘qon universitetida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Uchrashuvda adiblar milliy g‘oyani keng targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirishni ta’kidlab, talabalarga o‘z ijod namunalaridan o‘qib berishdi.

Shuningdek, filialimiz ijodkor talabalari tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qo‘shiqlar, ifodali o’qilgan she’rlar hamda O’zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning «Kunduzsiz kechalar» asari asosida sahnalashtirgan sahna koʻrinishi barcha tadbir ishtirokchilariga manzur boʻldi.

“Ma’rifat ulashib” loyihasi

“Ma’rifat ulashib” loyihasi yurtimizning barcha ziyo maskanlarida davom etib kelmoqda.

🔰 O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida ham mazkur loyiha doirasida taniqli adiblar Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Adhambek Alimbekov, Risolat Haydarova hamda Dilshoda Ergashevalar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi.

🔷 Dastlab tasdiqlangan rejaga muvofiq mehmonlar filialimizga biriktirilgan maktablarga yo’l oldilar.

🔷 Adiblarning Buvayda tumani 8-umumta’lim maktabi hamda O‘zbekiston tumani 16-umumta’lim maktabiga tashriflari jarayonida “She’riyat kechasi” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va davra suhbati tashkil etildi. Shuningdek, maktab jamoasi va o‘quvchilari bilan yaqindan tanishib dildan suhbatlashildi.

TABRIKLAYMIZ

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filiali «Musiqali teatr aktyorligi» ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Yusufxon Mahmudov Tojikiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tomonidan tashkil etilgan «Дружба длится вечно» nomli Xalqaro konkursda ishtirok etib, «Искуство слова» nominatsiyasi bo’yicha III darajali «DIPLOM» bilan taqdirlandi.

Bugun filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich iqtidorli talabamizni va uning ustozlarini erishilgan yutuq bilan samimiy tabrikladi.

3-dekabr Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlangan tadbir

Ayni damda Qo’qon shahar hokimligi hamda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali hamkorligida «Turon» tantanalar saroyida 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o’tmoqda.

Mazkur tadbirda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari, konsertmeysterlari hamda «Bek» doirachilar guruhi talabalari o’zlarining dilrabo kuy-qo‘shiqlari bilan faol ishtirok etishmoqda.

FILIAL KENGASHINING  YIG’ILISHI

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali kengashining 2024/2025-o’quv yili bo‘yicha navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich raisligida o’tkazilgan «Kengash» davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Madaniyat vazirliklari buyruqlari ijrosi to‘g‘risida, ta’lim jarayonida AKTning qо‘llanilishi holati to‘g‘risida, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning HEMIS platformasidan  foydalanish holati, filialning 2024-yil 1-yarim yilligi bo‘yicha moliyaviy hisoboti, shuningdek, “Xalq ijodiyoti” kafedrasi dotsenti v.b. Saidmurod Topildiyev hamda Kengash kotibi Munojatxon Asqarovaning dotsent ilmiy unvonini olish uchun tayyorlagan hujjatlarini Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etish haqida ma’ruza va ma’lumotlar tinglandi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Ota-onalar kuni

Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida 1-bosqich talaba yoshlarning ota-onalari bilan muloqot o‘tkazish maqsadida “Ota-onalar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi o‘rinbosari Ravshanbek O’taganov, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Akmaljon Sattorov, “Teatr san’ati va xalq ijodiyoti” fakulteti dekani Azizbek Talaboyev hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Faxriddin Hushnazarovlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida mas’ullar tomonidan ta’lim muassasasi va oila hamkorligini yanada mustahkamlash, ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi muhim o‘rni, majburiyati va mas’uliyatini oshirish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kiyinish madaniyati, davomat hamda talabalar turar joyida yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tashkil etilgan mazkur ota-onalar yig‘ilishi talabalarning o‘qishga bo‘lgan munosabati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, jamoat ishlarida faolligi, tartib-intizomga rioya qilishi, a’lo va yaxshi baholarga o‘qishi uchun ijobiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga filial rahbariyati hamda ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

XALQARO HAMKORLIK DAVOM ETADI

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali hamda Tojikiston Respublikasining Xo‘jand davlat universiteti o’rtasida 2022-yil 16-aprel sanasida memorandum imzolangan. Hozirga qadar har ikki oliy ta’lim muassasasi tomonidan ilmiy, pedagogik va amaliy hamkorlik ishlari davom etib kelmoqda.

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida Tojikiston Respublikasining Xo‘jand davlat universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Abdunazar Rahmonqulov tomonidan talabalar uchun «O’zbek adabiyoti» hamda «Jahon adabiyoti» fanlaridan dars mashg‘ulotlari o’tkazildi.

Xalq ijodiyoti sohasining rivojlanish istiqbollari

Xalq ijodiyoti sohasining rivojlanish istiqbollari

🔰 Ayni damda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida Ozarbayjon milliy fanlar akademiyasi Folklor san’ati instituti, Qirg’iz-Turk «Manas» universiteti, Qo’qon davlat pedagogika instituti, Farg’ona davlat universiteti, Yunus Rajabiy nomidagi O’zbekiston milliy musiqa san’ati instituti professor-o’qituvchilari, doktorantlari va magistrantlari ishtirokida «Xalq ijodiyoti sohasining rivojlanish istiqbollari» mavzusida Xalqaro limiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tmoqda.

Muqaddasdir Vatan bayrog’i

Muqaddasdir Vatan bayrog’i

Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’ining 33-yilligiga bag‘ishlangan “Muqaddasdir Vatan bayrog’i” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etidi.

Tadbirda filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda iqtidorli talabalar tomonidan milliy-madaniy an’analarni o’zida mujassam etgan, millatimiz timsoli, iftixori, sha’ni hisoblanmish davlatimiz bayrog’ining ramziy jihatlari borasida to’liq ma’limotlar berildi. Shuningdek, muqaddas bayrog‘imizni madh etuvchi sheriy kompozitsiyalar hamda dilrabo kuy-qo’shiqlar ijro etildi.

Tadbir yakunida filialda o’tkazilgan “Eng faol yil talabasi” tanlovi g’oliblari hamda sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan talabalar munosib taqdirlandilar.

Talabalar turar joyida press-tur tashkil etildi

#press_tur

Talabalar turar joyida press-tur tashkil etildi

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida «VODIY» telekanali ijodkorlari tomonidan press-tur tashkil etildi.

270-nafar talabalar uchun mo’ljallangan talabalar turar joyida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, maroqli dam olishi uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Ikki qavatdan iborat mazkur binoda muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, elektr plitalar, dazmollar, televizorlar, bepul internet va wifi tizimi o’rnatilgan.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i K.Ergashev, Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi T.Shokirov hamda filial tyutorlari A.Nazarov, D.Sottiyev, S.Dehqonovlar tomonidan ko’ngilochar badiiy tadbirlar, sportning shaxmat-shashka, tennis turlari bo’yicha musobaqalar, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi badiiy filmlar namoyishi doimiy ravishda yo’lga qo’yilgan.

Kuz-qish kunlarida talabalar turar joyi binosining isitish tizimi bir me’yorda ishlab turishi hamda xonalar haroratini mo’tadilligi filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich tomonidan nazoratga olingan.

«Vodiy» telekanali ijodkorlari tomonidan tasvirga olingan ko’rsatuv tez kunda e’tiboringizga havola etiladi.

O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati.