Sheʼriyat gulshanida

Sheʼriyat gulshanida

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo boshchiligida yosh ijodkor shoirlar hamda professor-oʼqituvchilar va talabalar ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali talabasi, shoir Akbarali Mirzayevning nashrdan chiqqan «Sen menga keraksan» nomli sheʼriy toʼplamini taqdimot marosimi oʼtkazildi.

Taqdimot davomida Iqbol Mirzo bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan adabiyot ahliga keng imkoniyatlar berilayotgani, iste’dodli, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar bajarilayotgani haqida soʼzladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo hamda yosh shoirlar tomonidan yangi ijod namunalari o‘qildi.

O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan


The reCAPTCHA verification period has expired. Please reload the page.