Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sonli buyrug’iga asosan 2024/2025-o’quv yili bo’yicha bakalavriat bosqichida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali talabalaridan Prezident davlat stipendiyasiga – Mushtariy Xudoyberdiyeva, Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga – Ehtiromxon Qudratullayeva hamda Navoiy nomli davlat stipendiyasiga – Sarvara Najmiddinova sazovor boʼldilar.
Bugun filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich har uch nafar talaba qizimizga maxsus «GUVOHNOMA» larni tantanali ravishda topshirdi.



