NAZM VA NAVO
Qo’qon shahar musiqali drama teatrida g’azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir adib Alisher Navoiy hamda buyuk sarkarda, shox va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlariga bag’ishlangan «Nazm va navo» nomli teatrlashtirilgan konsert dasturi boʼlib oʼtdi.
Konsertda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali professor-o’qituvchilari, magistrantlari va talabalaridan tashkil topgan «Yangi O’zbekiston yoshlari» ansambli jamoasi ijrosida Navoiy hamda Bobur gʼazallariga bastalangan dilrabo kuy-qo’shiqlar, jozibali raqslar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.















