EʼLON
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 24-yanvardagi PQ-26-son (https://drive.google.com/file/d/1S7IjoCUk2Wb-3Fu0F07-eSU45OpWno9y/view?usp=drivesdk)li “Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida Qo‘qon davlat universiteti tashkil etilishi belgilandi.
Mazkur qarorga muvofiq, Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali faoliyati tugatilmoqda. Shu munosabat bilan yuridik va jismoniy shaxslarning barcha da’volari e’lon qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida qabul qilinadi.
Murojaatlar bo‘yicha hamda qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun quyidagi manzil va aloqa vositalari orqali bog‘lanishingiz mumkin:
Manzil: Qo’qon shahar, Movaraunnaxr koʼchasi 3-A uy, 150700
Aloqa raqamlari:
☎️+99873-543-50-12
☎️+99873-543-44-29
Email: atm@dsmi-qf.uz
Hurmatli fuqarolar!
Mazkur jarayon yuzasidan barcha huquqiy masalalar tegishli qonunchilik hujjatlariga muvofiq tarzda ko‘rib chiqiladi. Rasmiy manbalarga tayanib, ishonchli axborotdan foydalanishingizni so‘raymiz.