O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Teatr san’ati” kafedrasining 2024-yil yakunlari boʼyicha hisoboti hamda 2025-yilga rejalashtirilgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tahlili yuzasidan yig‘ilish boʼlib oʼtdi.
Yigʼilishda filial direktori Mirmuxsin Gapurov, direktor oʼrinbosarlari, boʼlim boshliqlari hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Yigʼilish davomida kafedra professor-oʼqituvchilarining 2025-yilda ilmiy salohiyatini yanada oshirish, o‘quv-uslubiy ishlarni yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tizimli va innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali amalga oshirishga qaratilgan rejalar belgilab olindi.



