O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Musiqali teatr aktyorligi» ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalari «Aktyorlik mahorati» fanidan yakuniy nazorat ishi topshirdilar.
Talabalar yakuniy nazorat ishida yozuvchi Gʼulom Zafariy asari asosida sahnalashtirilgan «Halima» nomli spektaklni namoyish etdilar.
Yakuniy nazorat ishi jarayonida filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda «Teatr san’ati» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.
Kurs rahbari: «Teatr san’ati» kafedrasi dotsenti, Oʼzbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xursanoy Umarova.









