Yakuniy nazorat ishi

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali «Musiqali teatr aktyorligi» ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabalari «Aktyorlik mahorati» fanidan yakuniy nazorat ishi topshirdilar.

Talabalar yakuniy nazorat ishida yozuvchi Avksentiy Antonovich Sagarelli asari asosida sahnalashtirilgan «Xanuma» nomli spektaklni namoyish etdilar.

Nazorat ishi jarayonida filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda «Teatr san’ati» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

Kurs rahbari: «Teatr san’ati» kafedrasi professori, Oʼzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi Karim Yuldashev.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan