DIREKTOR VA TALABALAR

Joriy yilning 21-yanvar kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda sirtqi bo‘lim 5-bosqich talabalari oʼrtasida «Direktor va talabalar» uchrashuvi tashkil etildi.

Samimiy ruhda o’tkazilgan uchrashuv davomida talabalar ta’lim jarayonidagi mavjud muammolar, ijodiy faoliyat samaradorligini oshirish va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan talab va takliflarini bildirdilar.

Talabalarning savollariga filial direktori Mirmuxsin Gapurov batafsil javob berdi hamda ularni qiziqtirayotgan masalalar, talab va takliflarini ijobiy hal etishga, barcha mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda foydalanishini bildirdi.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan