#press_tur
Talabalar turar joyida press-tur tashkil etildi
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida «VODIY» telekanali ijodkorlari tomonidan press-tur tashkil etildi.
270-nafar talabalar uchun mo’ljallangan talabalar turar joyida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, maroqli dam olishi uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Ikki qavatdan iborat mazkur binoda muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, elektr plitalar, dazmollar, televizorlar, bepul internet va wifi tizimi o’rnatilgan.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i K.Ergashev, Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi T.Shokirov hamda filial tyutorlari A.Nazarov, D.Sottiyev, S.Dehqonovlar tomonidan ko’ngilochar badiiy tadbirlar, sportning shaxmat-shashka, tennis turlari bo’yicha musobaqalar, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi badiiy filmlar namoyishi doimiy ravishda yo’lga qo’yilgan.
Kuz-qish kunlarida talabalar turar joyi binosining isitish tizimi bir me’yorda ishlab turishi hamda xonalar haroratini mo’tadilligi filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich tomonidan nazoratga olingan.
«Vodiy» telekanali ijodkorlari tomonidan tasvirga olingan ko’rsatuv tez kunda e’tiboringizga havola etiladi.
O’zDSMI Farg’ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati.