#Hay’at_yig’ilishi #Yashil_makon

#Hay’at_yig’ilishi
#Live
#Yashil_makon

Ayni paytda Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarmalari rahbarlari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari va direktorlari ishtirok etmoqdalar.

Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqish, iqtisodiyot va sohaga oid islohotlarni amalga oshirish jarayonida oliygohlar va texnikumlarning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, Hay’at yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 16-oktabrda imzolangan “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–158-son farmonida oliy ta’lim muassasalari va texnikumlar rahbarlari oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishiga oid masalalar muhokama qilinmoqda.

Tadbir davomida “Yashil makon” loyihasi doirasida respublika marafoniga start berildi.

Marafon 20-noyabrgacha davom etib, mamlakat bo‘ylab 20 milliondan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekish maqsad qilindi.

«Yashil makon» marafonida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda «Teatr san’ati va xalq ijodiyoti» fakulteti dekani Azizbek Talaboyevlar faol ishtirok etishmoqda.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan