FILIAL KENGASHINING  YIG’ILISHI

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali kengashining 2024/2025-o’quv yili bo‘yicha navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich raisligida o’tkazilgan «Kengash» davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Madaniyat vazirliklari buyruqlari ijrosi to‘g‘risida, bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlari (BMI) va magistrlik dissertatsiyalari (MI) mavzularini hamda о‘quv ijodiy repertuarlarini tasdiqlash tо‘g‘risida, filialda 2024-2025 о‘quv yilida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yо‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar bо‘yicha chora-tadbirlar rejasining bajarilishi holati tо‘g‘risida, filialning “Teatr san’ati” kafedrasi dotsenti v.b. R.Dehqonov va “Cholg‘u ijrochiligi va musiqiy nazariy fanlar” kafedrasi dotsenti v.b. A.Yo‘ldashev, M.Qurbonova, “Sahna nutqi va san’atshunoslik” kafedrasi dotsenti v.b B.G‘ofurovalarning dotsent ilmiy unvonini olish uchun tayyorlagan hujjatlarini Oliy attestasiya komissiyasiga taqdim etish to‘g‘risida, kafedralar tomonidan tashkil etilgan ko‘rik-tanlovlar Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida loyiha mavzusi muhokamasi, ikkinchi va undan yuqori kurslarda o‘qiyotgan talabalarning  belgilangan to‘lov-shartnoma mablag‘larini to‘lash muddatini uzaytirish to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan