MAHORAT DARSLARI

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida elimiz ardog‘idagi mashhur san’atkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslari o‘tkazish doimiy an’anaga aylangan.

Bugungi mehmonlarimiz O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining «Milliy qo‘shiqchilik» kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq xofizi Orolmirzo Safarov hamda «Milly qo’shiqchilik»
kafedrasi dotsenti v.b. Baxtiyorjon Umarovlar.

Filialning «Xalq ijodiyoti» kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun o‘tkazilgan mahorat darsida Orolmirzo Safarov Ogahiy g‘azali, Navo maqomidan «Soqinomai savti navo» asari matnini talabalarga yozdirdi va ushbu qo‘shiqni ijro uslubini o‘rgatib birgalikda ijro etdi.

Mazkur ijodiy uchrashuv va o‘tkazilgan mahorat darsi talabalarimiz ijodiga yanada zavq bag’ishladi. Mahorat darsi so’ngida filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich tomonidan ustoz san’atkorlarga minnatdorchilik hamda «TASHAKKURNOMA» lar taqdim etildi.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan