OCHIQ MULOQOT
Joriy yilning 16-oktyabr kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich hamda professional ta’lim: «Cholg‘u ijrochiligi» yo’nalishi 1-bosqich talaba-yoshlari o’rtasida ochiq muloqot otkazildi.
Ochiq muloqot davomida talabalarni ilmiy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirish va ularning innovatsion fikrlashlarini shakllantirish, respublika va xalqaro miqyosdagi ko’rik-tanlov, festival hamda anjumanlarda faol ishtirok etish, shuningdek, 2024-yil 27-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatligi uchun bo’lib o’tadigan saylov yuzasidan kerakli ma’lumotlar berildi.
Ochiq muloqot so‘ngida filial direktori barcha talabalarga o’qish va ishlarda yuksak muvaffaqiyatlar tiladi.