OCHIQ MULOQOT

Joriy yilning 20-sentabr kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich birinchi kursga qabul qilingan  talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Ochiq muloqot davomida talabalarni ilmiy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirish va ularning innovatsion fikrlashlarini shakllantirish, respublika va xalqaro miqyosdagi ko’rik-tanlov, festival hamda anjumanlarda faol ishtirok etish, shuningdek, 2024/2025-o’quv yilida amalga oshirish lozim bo’lgan rejalar, ustoz-shogird an’analarini munosib davom ettirish, filial ichki tartib qoidalariga rioya qilish to’g’risida so’z yuritildi.

Ochiq muloqot so’ngida talabalarning savollariga filial direktori batafsil javob berdi hamda talaba-yoshlar bildirgan talab va istaklarni ijobiy hal etishga, barcha mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda foydalanish taklifini bildirdi.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan