O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali kengashining 2024/2025-o’quv yili bo‘yicha yig’ilish bo’lib o’tdi.
Filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich raisligida o’tkazilgan «Kengash» davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Madaniyat vazirliklari buyruqlari ijrosi to‘g‘risida, filialning 2024-2025-o‘quv yili uchun kompleks ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida, 2024-2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar to‘g‘risida, 2024-2025-o‘quv yili uchun me’yoriy hujjatlar (o‘quv rejalari, ishchi o‘quv dasturlari, tanlov va qo‘shimcha fanlar dastur) larini tasdiqlash to‘g‘risida hisobotlar tinglanib tahlil etildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.