Filial direktori professor-o’qituvchilar bilan uchrashdi

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich professor-o’qituvchilar hamda ishchi xodimlar bilan uchrashdi.

Filial direktori “Bir bo‘lsak–yagona xalqmiz, birlashsak–Vatanmiz!” shiori ostida o’tkazilayotgan mustaqilligimizning 33 yilligi hamda 2024/2025-yangi o’quv yili bilan barchani tabrikladi hamda hozirga qadar filialimizda erishilgan yutuqlar, rejaga muvofiq bajarilgan ishlar, shuningdek, yangi o’quv yilida amalga oshirish lozim bo’lgan rejalar haqida ma’ruza qildi. M.Gapurov professor va dotsent ilmiy unvonlarini olgan hamda davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan professor-o’qituvchilarni tabrikladi.

Uchrashuv davomida direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi o‘rinbosari R.O’taganov, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari A.Sattorov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o’rinbosari R.Turg’unboyevlar o’z yo’nalichlari yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan