Ayni damda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida 24–25-avgust kunlari «Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida yurtimizda bo’lib o’tayotgan umumxalq xayriya hashari o’tkazilmoqda.
Erta tongdan filial binosining ichki va tashqi hududlari, yashil maydonlar hamda talabalar turar joyini obodonlashtirish maqsadida umumxalq xayriya hashari bo’lib o’tmoqda.