Filial direktori o’ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlar o’tkazmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori o’ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlar o’tkazmoqda.

Jumladan joriy yilning 29-iyul kuni filial rahbariga biriktirilgan Qo‘qon shahar Chorchinor MFYda istiqomat qiluvchi alohida e’tiborga muhtoj og‘ir toifadagi yoshlar bilan o‘z xonadonlarida uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni kasb-hunar, ilm-fan, chet tillariga o‘qitish, bandligini ta’minlash bilan bog‘liq asosiy muammolar o‘rganildi hamda vatanparvarlik va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga doir tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi. Shuningdek uchrashuv jarayonida yoshlarning ma’lumoti, oilaviy va ijtimoiy holati, muammolari va qiziqishlari haqida ma’lumotlar olindi.

Uchrashuv so‘ngida filial direktori M.G‘apurov hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari R.O’taganovlar mahalla yoshlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi bir qator ishlarga jumladan, ilm-fan, san’at, madaniyat, kasb-hunarga o‘rgatish hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishi uchun amaliy yordam berishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tishdi.

Filial direktori M.G‘apurov boshchiligida filial ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Meliboyev hamda direktorning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari R.O’taganov tomonidan e’tiborga muhtoj  yoshlarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan