O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida 2024/2025-o’quv yili uchun o’tkazilayotgan kasbiy ijodiy imtihonlarning so’ngi kuni.
Bugun abiturientlar:
Cholg‘u ijrochiligi: «Fortepiano (organ)» yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy imtihon topshirishmoqda.
Ijodiy imtihon o‘tkazilayotgan auditoriyaga maxsus kuzatuv kameralar o‘rnatilgan. Shuningdek, imtihon jarayoni videokameralar orqali yozib olinmoqda. Abituriyentlarning ota-onalari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, ular ijodiy imtihon jarayonini filial hovlisiga o’rnatilgan monitorlar orqali kuzatib borishmoqda.



